Nemolchi.uz tahririyati avval yozganidek, sentyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti «Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorni (PQ-345) imzoladi. Ushbu hujjat ish joylarida xarassmentning oldini olish uchun poydevor yaratadi. 28-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni (VMQ-518) qabul qildi. (https://lex.uz/docs/8515688)⠀
15-oktyabrda Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash bo‘yicha milliy dasturga start berildi hamda dushanba kunidan davlat organlari xodimlarini o‘qitish boshlanadi. Dastur ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga, shuningdek, ular haqidagi xabarlarni ko‘rib chiqishga yordam beruvchi mexanizmni belgilaydi. 1-dekabrdan e’tiboran «Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti» raqamli portali ish boshlaydi, u orqali davlat organlari xodimlari hamkasblari, rahbarlari yoki boshqa davlat muassasalari xodimlarining nomaqbul xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Shuningdek, bunday xatti-harakatlarning guvohlari ham murojaat yuborishlari mumkin. ⠀
1. «Hamma mening murojaat qilganimni bilib oladi. Qanday maxfiylik haqida gap borishi mumkin?»
Murojaatni ochiq, maxfiy yoki anonim tarzda berish mumkin.
Agar siz maxfiy formatni tanlasangiz, sizning shaxsingiz toʻgʻridan-toʻgʻri roziligingizsiz ochiqlanmaydi, maxsus nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Anonim murojaatda maʼlumotlaringizni hatto murojaatni qabul qilib olgan shaxs ham bilmaydi. Siz koʻrib chiqish holatini tekshirish va qoʻshimcha maʼlumotlarni yuborish uchun individual kod olasiz (uni saqlab qoʻying!).
Shuningdek, murojaat qilgani uchun shaxsni taʼqib qilish (tazyiq oʻtkazish) taqiqlanadi.
2. «Rahbar ustidan shikoyat qilinsa, baribir shikoyat unga borib tushadi»
Agar murojaat rahbar, uning oʻrinbosari yoki vakolatli shaxsga tegishli boʻlsa, u koʻrib chiqish uchun avtomatik ravishda yuqori turuvchi organga tushadi.
Bunday murojaat alohida nazoratga olinadi.
Shikoyat qilingan shaxs tekshiruv materiallari va sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga kirish huquqiga ega boʻlmaydi.
(Konfidentsial va anonim murojaat shaklini ham unutmang).
3. «Agar jabrlanuvchi ishtirok etishni xohlamasa, tekshiruv baribir davom ettiriladimi?»
Uning xohishi inobatga olinadi. Lekin xavfsizlikka tahdid, zoʻravonlik, jinsiy tazyiq, vakolatni suisteʼmol qilish, murojaat uchun taʼqib etish yoki boshqa odamlar uchun xavf mavjud boʻlsa, tekshiruv hattoki u ishtirok etmagan taqdirda ham davom ettiriladi.
Masʼul xodim keyin nima boʻlishini tushuntirishi, xavf-xatarlarni baholashi va imkon qadar jabrlanuvchiga qayta murojaat qilmagan holda maʼlumot toʻplashi kerak.
4. «Boʻlib oʻtgan voqea haqida qayta-qayta gapirib berishga va shikoyat qilingan shaxs bilan yuzlashishga majbur boʻlaman»
Asosiy maʼlumotlar birinchi suhbat davomida yigʻiladi. Jabrlanuvchiga takroran murojaat qilishga faqat muhim yangi maʼlumotlar, boshqa bir epizod paydo boʻlganda yoki boshqacha tarzda oydinlashtirib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar yuzaga kelgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Ayblash, kamsitish va shaxsiy hayotga oid savollar berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. «Agar bu voqea ancha oldin boʻlgan boʻlsa, murojaat qilishdan nima naf?»
Murojaatni qancha vaqt oʻtganidan qatʼi nazar topshirish mumkin.
Ha, baʼzi dalillarni vaqt oʻtishi bilan topish qiyinroq boʻladi.
Lekin vaqt oʻtgani shaxsga ishonmaslik kerakligini anglatmaydi.
Hatto uzoq vaqt oldin sodir boʻlgan voqea ham takrorlanib kelayotgan qoidabuzarliklarni yoki tizimli muammoni koʻra bilishga yordam berishi mumkin.
6. «Anonim shikoyatlar qasos olish va inson obroʻsiga putur yetkazish quroliga aylanadi»
Anonim murojaat oʻz-oʻzidan aybni isbotlamaydi. Aniq bir shaxsga nisbatan chora koʻrish faqatgina tekshiruvdan oʻtishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar asosidagina amalga oshiriladi.
Agar bunday maʼlumotlar boʻlmasa, bu hech narsa oʻzgarmaydi degani emas.
Umumiy choralar koʻrilishi mumkin: oʻqitish/treninglar oʻtkazish, profilaktika yoki tashkiliy oʻzgarishlar kiritish.
7. «Agar shikoyat oʻz tasdigʻini topmasa, murojaatchini tuhmat uchun jazolash kerak»
«Oʻz tasdigʻini topmadi» degani «inson yolgʻon gapirdi» degani emas. Baʼzida toʻliq tekshiruvdan soʻng ham boʻlib oʻtgan voqeani tasdiqlash yoki rad etish uchun maʼlumotlar yetarli boʻlmaydi.
Agar inson vijdonan murojaat qilayotgan boʻlsa, u tekshiruv natijasidan qatʼi nazar himoya huquqiga ega.
8. «Endi rahbarning har qanday tanbehi tazyiq deb baholanadi»
Rahbar qonuniy topshiriqlar berishga, muddatlarni nazorat qilish, topshiriqlar bajarilishini asosli baholash hamda intizomga rioya etilishini talab qilish huquqiga ega.
Muammo bu holat kamsitish, tahqirlash, doʻq-poʻpisa, tizimli tazyiq, mansab vakolatini suisteʼmol qilish yoki murojaat qilgani uchun taʼqib etish bilan kuzatilganda yuzaga keladi.
9. «Agar vaqt oʻtishi bilan shikoyatlar soni koʻpaysa, demak tashkilotdagi vaziyat yomonlashgan»
Murojaatlar sonining ortishi har doim ham zoʻravonlik va tazyiqlarning koʻpaygani bilan bogʻliq boʻlavermaydi. Ehtimol, odamlar oʻz huquqlari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishgan, tizimga boʻlgan ishonchi ortgan va ilgari sukut saqlagan masalalar haqida soʻz ochishga qaror qilishgandir.
Masalan, 2023-yilgacha Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlik boʻyicha alohida modda mavjud emas edi va jinoyat statistikasi uni roʻyxatga olmasdi.
Biroq bu oʻsha paytda oilaviy zoʻravonlik boʻlmaganini anglatmaydi — shunchaki, u endi koʻproq koʻzga tashlanadigan va ochiq-oydin boʻldi.
10. «Nomiga oʻqitishadi, shuning uchun hech narsa oʻzgarmaydi»
Oʻqitish real vaziyatlarda yordam berishi kerak: qanday muloqot qilish mumkin va mumkin emasligini, yordam soʻrab qayerga murojaat qilish lozimligini hamda qanday himoya choralari mavjudligini tushuntirib berishi zarur.
Shuning uchun oʻqitish dasturi amaliy misollar va real vaziyatlarni oʻz ichiga oladi, trening yakunida esa material qanchalik oʻzlashtirilgani tekshiriladi.
15. «MVD, prokuratura va sud boʻlsa, portalning nima keragi bor?»
Portal murojaatni roʻyxatdan oʻtkazish, ichki tekshiruv oʻtkazish, vaqtinchalik ximoya choralarini hamda tashkilot ichidagi choralarni koʻrishga yordam beradi.
[Sxema: Murojaatni roʻyxatga olish → Ichki tekshiruv → Vaqtincha himoya choralari → Tashkilot ichida choralar]
Agar huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, materiallar vakolatli organlarga topshiriladi. [МВД · Прокуратура · Суд]
Shu bilan birga, siz huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sudga mustaqil ravishda murojaat qilishingiz — yoki har ikkala yoʻldan bir vaqtning oʻzida foydalanishingiz mumkin.
14. «Portal shunchaki hisobot uchun yaratiladi, javoblar esa rasmiyatchilikdan iborat boʻladi»
Tizimda har bir bosqich qayd etib boriladi:
- murojaat roʻyxatga olinadi
- birlamchi baholash
- tekshirish
- hulosa
- yechim
- koʻrilgan choralarning ijrosi
Murojaat koʻrilgan choralar haqiqatda bajarilganligi tasdiqlanmaguniga qadar yopilishi mumkin emas.
Muddatlarning buzilishi va harakatsizlik ustidan Monitoring organi nazorat olib boradi.
Nemolchi.uz tahririyati 518-sonli VMQ ning ilovalarini o‘rganib chiqdi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi shubha-gumonlarga oydinlik kirituvchi kartochkalarni tayyorladi.
Irina Matviyenko