Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XMTning 190-sonli konvensiyaga mosligi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XMTning 190-sonli konvensiyaga mosligi
04 Avg 2026

2019-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti 190-sonli Konvensiyani qabul qildi — bu har bir insonning tazyiq va zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan muhitda mehnat...

2019-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti 190-sonli Konvensiyani qabul qildi — bu har bir insonning tazyiq va zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan muhitda mehnat qilish huquqini mustahkamlashga qaratilgan ilk xalqaro shartnomadir.

O‘zbekiston hozircha ushbu Konvensiyaga qo‘shilgani yo‘q. Lekin bu uning qoidalari biz uchun ahamiyatsiz degani emas.
Konvensiya bugungi kunda xodimlarni himoya qilishning minimal xalqaro standarti deb hisoblanadigan qoidalarni belgilaydi. Qolaversa, O‘zbekiston milliy mehnat qonunchiligini xalqaro me’yorlarga yaqinlashtirish niyatida ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Yana bir muhim jihat bor.

2023-yilda kuchga kirgan Mehnat kodeksining 10-moddasida, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilanganda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilishi nazarda tutilgan. Kodeksning o‘zi xalqaro standartlarning ustuvorligini mustahkamlaydi. Shuning uchun ham amaldagi mehnat qonunchiligi 190-sonli Konvensiya talablariga qanchalik mos keladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Bunga javobni 190-sonli Konvensiya talablarida topish mumkin. U davlatlar zimmasiga mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik, shu jumladan shahvoniy shilqimlik hamda genderga asoslangan zo‘ravonlikni aniq belgilash majburiyatini yuklaydi. Himoya nafaqat shtatdagi xodimlarga, balki stajyorlar, amaliyotchilar, vakant o‘rinlarga nomzodlar hamda fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslarga ham tatbiq etilishi kerak. Qolaversa, gap faqat bevosita ish joyi haqida borayotgani yo‘q.

Konvensiya xizmat xizmat safarlari, korporativ tadbirlar, xizmat yozishmalari va ish bilan bog‘liq boshqa vaziyatlarga ham tatbiq etiladi.

Ish beruvchi tazyiqni rasmiy taqiqlash bilangina cheklanib qolmasligi kerak. Undan aniq choralar kutiladi: ichki qoidalar, xodimlarni o‘qitish, murojaatlarni tekshirish (tergov qilish). Tazyiq yoki zo‘ravonlik haqida xabar bergan shaxs ishdan bo‘shatilishdan, bosimdan va ta’qibning boshqa shakllaridan himoyalangan bo‘lishi lozim. Shikoyat berish tartib-taomilining o‘zi esa xavfsiz va maxfiy bo‘lishi kerak.

2023-yilda O‘zbekistonda yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi. Uni ishlab chiquvchilar hujjat XMT standartlariga tayanishini bir necha bor ta’kidlashgan. Haqiqatda esa bu qisman amalga oshirilgan. 190-sonli Konvensiya talablari va kodeksda mustahkamlangan qoidalar o‘rtasida hamon sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda.

Kamchiliklar haqida gapirishdan avval, o‘zgarishlar e’tirof etish muhim. Yangi Mehnat kodeksi xodimlar uchun bir qator kafolatlarni haqiqatan ham kengaytirdi. 4-modda jins bo‘yicha kamsitishni taqiqlaydi va xodimga kamsitishni bartaraf etish hamda ma’naviy zararni qoplash talabi bilan sudga murojaat qilish huquqini beradi. Xotin-qizlar uchun kafolatlarga alohida paragraf bag‘ishlangan: homiladorligi yoki bolalari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bo‘lim kengaytirildi. Xodimning ahvolini yomonlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi mustahkamlandi.

Mehnat kodeksida mehnat munosabatlariga nisbatan shilqimlik (tegajog‘lik) tushunchasining o‘zi mavjud emas. Unda «harassment» atamasi ishlatilmaydi, shahvoniy shilqimlik esa faqat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2023-yilda kiritilgan 41-1-moddasidagina tilga olinadi. Biroq ma’muriy va mehnat-huquqiy himoya har xil maqsadlarni ko‘zlaydi.

Shilqimlik bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqishning maxsus tartibi ham nazarda tutilmagan. Mehnat nizolarini hal qilishning umumiy tartibi bunday ishlarning o‘ziga xosligini hisobga olmaydi: shaxs sir tutilishiga rioya qilish zarurati, xodimning ish beruvchiga qaram holatda bo‘lishi, isbotlashning murakkabligi. Amaliyotda bu himoya so‘rab murojaat qilishni to‘xtatib turuvchi omillardan biriga aylanadi.

Yana bir kamchilik — ish beruvchining javob choralaridan ko‘riladigan maxsus kafolatlarning yo‘qligidir. O‘zbekiston Mehnat kodeksida shilqimlik haqida xabar bergan xodimlarga nisbatan ularni ishdan bo‘shatish, lavozimini tushirish, mehnat sharoitlarini o‘zgartirish yoki boshqa nojoiz choralarni taqiqlovchi norma mavjud emas. Vaholanki, 190-sonli Konvensiya shikoyat berish yoki surishtiruvda ishtirok etish munosabati bilan ta’qib qilish yoki qasos olishning har qanday shakllaridan himoya qilishni ta’minlashni talab etadi.

Mehnat kodeksi ish beruvchiga shilqimliklarning oldini olish majburiyatini yuklamaydi. O‘z navbatida, 190-sonli Konvensiya profilaktik yondashuvga asoslanadi: ish beruvchi nafaqat shikoyatlarga munosabat bildirishi, balki zo‘ravonlik va shilqimliklarning oldini olishga qaratilgan choralarni ham ko‘rishi kerak. Bunday choralarga ichki siyosatlarni ishlab chiqish, xodimlarni o‘qitish, shikoyat qilish va ularni ko‘rib chiqishning xavfsiz hamda konfidentsial mexanizmlarini yaratish kiradi. Amaldagi Mehnat kodeksida bunday majburiyatlar aniq mustahkamlanmagan.

Va nihoyat, Mehnat kodeksining amal qilish doirasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan shaxslar doirasi bilan cheklanganicha qolmoqda. 11-moddaga muvofiq, uning qoidalari fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq etilmaydi. Bu shuni anglatadiki, ishga kiruvchilar, amaliyotchilar, rasmiylashtirilmagan stajyorlar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslar mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan kafolatlar bilan qamrab olinmaydi. Vaholanki, himoyalashga bo‘lgan aynan shunday keng yondashuv 190-sonli Konvensiyada belgilangan bo‘lib, u himoyani mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik xavfiga duch keladigan barcha shaxslarga tatbiq etadi.

Amaldagi mehnat qonunchiligi amaliyotda qanday ishlashini tushunish uchun bir nechta vaziyatlarni ko‘rib chiqish kifoya.

Rahbar xodimaga mutassil ravishda kamsituvchi tanbehlar beradi va uning ishda ko‘tarilishi shaxsiy sodiqligiga bog‘liq ekanligiga shama qiladi. Mehnat kodeksida bunday xatti-harakatni shilqimlik deb baholashga imkon beruvchi maxsus norma yo‘q. Nazariy jihatdan vaziyatni kamsitish sifatida ko‘rib chiqishga urinib ko‘rish mumkin, biroq mehnat qonunchiligi kamsitishni, eng avvalo, kamsituvchi ish muhitini yaratish deb emas, balki mehnat huquqlarining cheklanishi deb tushunadi.
Oqibatda sud sodir bo‘lgan voqeaning mohiyatini emas, balki xodimaning huquqlari shaklan buzilgan-buzilmaganini baholaydi.

AyoI ish beruvchiga hamkasbi tomonidan qilingan shilqimlik haqida xabar beradi. Bir oy o‘tgach, ishlab chiqarish zarurati bahonasi bilan uni kamroq haq to‘lanadigan boshqa lavozimga o‘tkazishadi. Agar u maxsus kafolatlar nazarda tutilgan xodimlar toifasiga kirmasa, qonun unga qo‘shimcha himoya taqdim etmaydi. Qolaversa, mehnat sharoitlarining yomonlashuvi berilgan shikoyat bilan bog‘liq ekanligini aynan uning o‘zi isbotlab berishi kerak.

Amaliyotchi qiz tashkilot xodimi tomonidan shilqimlikka uchraydi. U bilan mehnat shartnomasi tuzilmagani sababli, Mehnat kodeksining qoidalari unga tatbiq etilmaydi.

Xodima shilqimlik haqida xabar bermoqchi, lekin barchaga oshkor bo‘lishidan qo‘rqadi. Qonun bunday murojaatlarni berish va ko‘rib chiqishning maxsus konfidentsial tartibini nazarda tutmaydi. Amaliyotda bu ko‘pincha sukut saqlash va ochiq mojaroga borish o‘rtasidagi tanlovni anglatadi.

Ushbu vaziyatlarning barchasida amaldagi mehnat qonunchiligi maxsus himoya mexanizmlarini taqdim etmaydi.

Albina Kurmichkina

Oldingi maqola

Himoya mexanizmlari mavjud bo‘lsa ham ishdagi tazyiqlar haqida xabar berishga nimalar to‘sqinlik qiladi?
04 Avg 2026
Himoya mexanizmlari mavjud bo‘lsa ham ishdagi tazyiqlar haqida xabar berishga nimalar to‘sqinlik qiladi?

Keyingi maqola

Huquqlaringiz buzilayotganini qanday bilib olish mumkin?
04 Avg 2026
Huquqlaringiz buzilayotganini qanday bilib olish mumkin?
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top