Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Tengsizlik ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik xavfini oshirishi haqida

Tengsizlik ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik xavfini oshirishi haqida
04 Avg 2026

Mehnat sohasidagi zo‘ravonlik va tazyiqlarga har qanday kasb, yosh va lavozimdagi insonlar uchrashi mumkin. Biroq hamma uchun ham xavf darajasi...

Mehnat sohasidagi zo‘ravonlik va tazyiqlarga har qanday kasb, yosh va lavozimdagi insonlar uchrashi mumkin. Biroq hamma uchun ham xavf darajasi bir xil emas. Ayrimlar uchun yoqimsiz vaziyat shunchaki istisno bo‘lib qolsa, boshqalar uchun bosim, kamsitish, tahdidlar yoki shaxsiy chegaralarning buzilishi doimiy xavfga aylanadi.

​Ayrim insonlar o‘z huquqlarini himoya qila olsa, boshqalar ko‘pincha rahbariyatning qarorlariga, tavsiyanomalarga, ishga joylashish istiqbollariga yoki daromad manbaiga qaram bo‘ladi. Rad etish, shikoyat qilish yoki o‘z chegaralarini himoya qilish imkoniyati hammada ham birdek mavjud emas.

​Shu sababli, XMTning (Xalqaro mehnat tashkiloti) 190-sonli Konvensiyasi mehnat sohasida ko‘proq zaif holatda bo‘lgan hamda zo‘ravonlik va tazyiqlarga tez-tez uchraydigan xodimlar guruhiga alohida e’tibor qaratadi.

​Ayollar va yashirin kamsitish xavfi

​Ayollar mehnat sohasida zo‘ravonlik va tazyiqlarga qandaydir alohida sharoitlarda ishlaganliklari uchun emas, balki hali ham ko‘pincha kamroq himoyalangan holatda qolayotganliklari sababli ko‘proq duch kelishadi.

​Ko‘plab tashkilotlarda aynan ayollar rahbarlik lavozimlarini kamroq egallaydi, ko‘proq rahbariyatning bahosiga qaram bo‘ladi va gender rollari bilan bog‘liq qarashlarga duch keladi. Bu esa bosim o‘tkazish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va shaxsiy chegaralarni buzish uchun qo‘shimcha sharoit yaratishi mumkin.

​Shu bilan birga, bosim har doim ham yaqqol ko‘rinmaydi. U tashqi ko‘rinish haqidagi sharhlar, oilaviy rejalar to‘g‘risidagi savollar, kelajakdagi onalik haqidagi taxminlar tufayli karyera imkoniyatlarini cheklash, homiladorlik paytidagi bosim yoki professional salohiyatga shubha qilish shaklida namoyon bo‘lishi mumkin.

Bunday xavflar ayniqsa xizmat ko‘rsatish, ta’lim, savdo, tibbiyot va ma’muriy ish sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi, bu yerda xodimalar rahbariyat qarorlariga bog‘liq yoki mijozlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi.

​Yosh mutaxassislar va stajyor qizlar

​Ko‘pchilik uchun karyera boshlanishi tajriba orttirish, o‘zini ko‘rsatish va kasbda qolish imkoniyatini boy bermaslik istagi bilan bog‘liq. Aynan shu sababli, yosh mutaxassis qizlarga e’tiroz bildirish, ortiqcha talablarni rad etish yoki o‘z chegaralarining buzilishi haqida ochiq gapirish qiyinroq bo‘ladi. Ayrim hollarda ish beruvchilar yoki tajribaliroq hamkasblar bundan foydalanib qolishadi.

​Haq to‘lanmaydigan ortiqcha ish soatlari, ishga aloqasi bo‘lmagan topshiriqlar, ko‘pchilikning oldida tanbeh berish, yangi kelganlarning fikriga past nazar bilan qarash kabi holatlar tajribasizlik yoki «hayot maktabini o‘tash» zarurati bilan izohlanadi.

​Stajyor va amaliyotchi qizlarning ahvoli esa bundan ham murakkabroq. Tajribali xodimlarga nisbatan qo‘llanganda norozilik keltirib chiqaradigan yoki shikoyat uchun asos bo‘ladigan qonunbuzilishlariga, yangi kelganlarga kelganda panja ortidan qaraladi.
«Hammangiz shu yo‘ldan o‘tgansiz», «bu o‘qishning bir qismi» yoki «avval hurmat qozonish kerak» kabi iboralar bosimni oqlashga va uni professional shakllanishning zaruriy bosqichi sifatida ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Migrant ishchilar uchun ishga joylashish ko‘pincha ish beruvchiga nisbatan qo‘shimcha qaramlikni keltirib chiqaradi. Uydan uzoqda bo‘lish, mahalliy qonunlarni bilmaslik va yordam so‘rab kimga murojaat qilishni aniq bilmaslik o‘z huquqlarini himoya qilishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

Til bilishdagi to‘siqlar, ishni yoki mamlakatda qolish huquqini yo‘qotishdan qo‘rqish, oila oldidagi moliyaviy majburiyatlar hamda mavjud himoya mexanizmlari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaslik yordam so‘rashni o‘ta xavfli qadamdek ko‘rsatishi mumkin.

Bunday sharoitda bosim turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilish, hujjatlarni olib qo‘yish, haq to‘lanmaydigan mehnatga majburlash, kamsitish, harakatlanish erkinligini cheklash yoki insonning zaif holatidan foydalanish.

Inson o‘z xavfsizligi va daromad manbaini saqlab qolish imkoniyati o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi. Aynan shu sababli ham migrant ishchilarni himoya qilish masalasi nafaqat mehnat huquqlariga rioya etish, balki inson qadr-qimmatiga ham daxldordir.

Rasmiy mehnat shartnomasining mavjud emasligi insonning o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini sezilarli darajada cheklashi mumkin. Nizoli vaziyat yuzaga kelganda, nafaqat adolatli yechimga erishish, balki mehnat munosabatlari mavjudligini isbotlash ham qiyin kechishi mumkin.

Bu holat uy yumushlari, mavsumiy ishlar, mayda savdo, vaqtinchalik qo‘shimcha ishlar va norasmiy bandlikning boshqa turlari bilan shug‘ullanadigan insonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning mehnati amalda mavjud bo‘lsa-da, u har doim ham aniq qoidalar, ichki tartib-qoidalar yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari bilan tartibga solinavermaydi.
Bu esa qoidabuzarliklarni yashirish osonroq, javobgarlikni ta’minlash esa qiyinroq bo‘lgan sharoitni yuzaga keltiradi. Ish haqining kechiktirilishi, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilish, ruhiy bosim, kamsitish yoki shaxsiy chegaralarning buzilishi kabi holatlar jazosiz qolishi mumkin; bunga sabab — shaxsning o‘z huquqlarini asoslab berishi ancha murakkabligidir.

Mehnat sohasidagi zo‘ravonlik va tazyiqlar nafaqat ayrim shaxslarning xatti-harakatlari, balki imkoniyatlar tengsizligi bilan ham bog‘liqdir. Ayollar, yosh ayol mutaxassislar, mehnat muhojirlari va norasmiy sektorda band bo‘lganlar qo‘shimcha to‘siqlarga duch kelishlari mumkin; bu holat ularni hokimiyatni suiiste’mol qilish, bosim o‘tkazish va shaxsiy chegaralarni buzish kabi salbiy ta’sirlarga nisbatan ko‘proq zaif qiladi.

Rina Ergasheva

Oldingi maqola

Mehnat sohasida zo‘ravonlik va tazyiq nima? XMTning 190-sonli Konvensiyasi asosida tushuntiramiz
04 Avg 2026
Mehnat sohasida zo‘ravonlik va tazyiq nima? XMTning 190-sonli Konvensiyasi asosida tushuntiramiz

Keyingi maqola

Himoya mexanizmlari mavjud bo‘lsa ham ishdagi tazyiqlar haqida xabar berishga nimalar to‘sqinlik qiladi?
04 Avg 2026
Himoya mexanizmlari mavjud bo‘lsa ham ishdagi tazyiqlar haqida xabar berishga nimalar to‘sqinlik qiladi?
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top