Har bir qizaloq bilishi kerak bo`lgan uch ibora

Siz hech erkak va ayolning o`zaro suhbatlariga e`tibor berganmisiz? Odatda erkak gapiradi, zarur deb hisoblaganda gapingizni bo`lishi mumkin/Ayol muloyimlik bilan gapiradi va jimgina eshitadi, aynan shu holat ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda, va eng asosiysi, shaxsiy hayotda yuqori natijalarga erishishga to`sqinlik qiladi, deydi yozuvchi Surayyo Chemali.

Men 5-sinfda o`qigan kezlarimda maktabning “Eng odobli qizi” nominatsiyasini qo`lga kiritgan bo`lsam, akam sinfining masxarabozi edi. Bundan ko`rinib turibdiki, butun dunyoda qizlarni qattiqqo`llik bilan tarbiyalashadi. Bolaligidanoq erkak kishi bilan urushmaslik, ularning oldini kesib o`tmaslik uqtiriladi. Yoshlikdanoq qizlarni bo`ysunuvchi, o`g`il bolalar ustun bo`lish ruhida tarbiyalanadilar.

Esimni tanibmanki, erkaklar bemalol fikrlarimni inkor etishlari mumkin. O`zimga qiziq bo`lganidan bunaqa holatlar necha marotaba takrorlanganini hisoblab chiqdim, natija meni hayratda qoldirdi! Ayniqsa so`zlashib turganda boshqa erkaklar oldida gapimni bo`lib o`z fikrlarini singdirishga harakat qilishlari tez-tez ko`zga tashlanadi.

Bu holat faqat yaqinlaringami desang, qolgan paytlarda ham shu ahvol. Misol: Restoranga borsangiz nima yeyishni yoningizdagi erkakdan so`rashadi! Yaqinda esa ish yuzasidan tushlikka kirgan chog`imizda besh nafar erkaklar orasida yolg`iz ayol bo`lib tushlik qilishga to`g`ri keldi, eng achinarlisi meni u yerda bor ekanligim inobatga olinmaganda bo`ldi.

Ayollar aniq va ravon gapirishadi, lekin uni hech kim tinglamaydi. Agar shu fikrlarni erkak gapirsa, uni diqqat bilan eshitishadi.

Bu ko`rinish har qanday suhbatda o`z aksini topadi. Ayol ravon gapiradi va diqqat bilan eshita oladi, lekin uning so`zlarini eshitmaslikka harakat qilishadi. Ikki daqiqa o`tar-o`tmas shu fikrlarni erkak kishi aytishni boshlasa, uni diqqat bilan tinglashadi va ma`qullashadi. Odatda ijtimoiy hayotda yuqori o`rin yoki statusga ega bo`lganlar gapingizni cho`rt bo`lishdan qaytishmaydi, bunday insonlar ko`proq shifokorlar orasidan chiqadi, agar ayol shifokorlar bo`lsa, ularning gaplarini erkak bemorlar bo`lib qo`yishdan qaytishmaydi.

Erkak rahbar bo`lsa unga deyarli hech kim gapini bo`lib gap qaytara olmaydi, ammo ayol rahbar bo`lsa unga bemalol o`z fikrlarni bildirishdan qaytishmaydi

Yuqoridagi holat ofisda ishlovchi erkak va ayol rahbarlar holatidan kelib chiqib yozilgan. Bunday so`zlashuvni ingliz tilida “Mainsplaining”, ya`ni xayot haqida va`az o`qish ma`nosida ham keladi. Bundan bir necha yillar oldin AQShning taniqli shaxslaridan biri Larri Sammers: “Ayollar matematika bilan shug`ullana olmaydi” degan yanglish fikrni olg`a suradi. Bunga javoban olim Ben Barres o`zinig ayollik davridagi ilmiy yutuqlari va keyinchalik o`z jinsini o`zgartirgandan keyin ilmiy izlanishlardagi natijalarga to`xtalib o`tadi. Barbara Barres Massachusets texnologiya instituti talabasi bo`lgan kezlarida qiyin matematik masalani bajaradi, professor unga ishomay “Menimcha sening o`rningga sevgan yigiting masalani bajargan bo`lsa kerak”, deydi. Bir necha yil o`tib o`z jinsini o`zgartirgan Ben ilmiy ma`ruza qilganda talabalardan biri: “Uning ma`ruzasi singlisinikidan yaxshi bo`lganini” aytadi. Ma`ruza so`ngida Ben o`z jinsini o`zgartirgani uchungina uning fikrlarini hurmat qilib gapini bo`lmay tinglashga erishganini aytadi. Erkaklar nega o`zlarini mutlaqo dono hisoblashlarini bilish qiyin emas, chunki bolaligidanoq onalar o`g`il bolalarni qizlaridan ko`ra ko`proq tinglay olishgan va aynan o`g`il bolalar o`rnatilgan tartib intizomga kamroq bo`ysunganlar. Yoshi ulg`aygan sari aynan shu yigitlar ofisda ham, maktablarda ham, davlat tashkilotlarida ham, masjidlarni gapirmasa xam bo`laveradi ular eng ko`p gapiruvchi va gapini o`tkazuvchi shaxslar yetib chiqadi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo`lsak, 75% erkaklar ayollardan ko`proq gapiradi va eng qizig`i negadir ayollardan ko`ra erkaklarning nutqi ishonchliroq tuyuladi. Hattoki televediniye orqali namoyish etiladigan ko`rsatuvlarda nozik jins vakillari gapini bo`lib qo`yishga harakat qilgani sezilib qoladi.

Biror bir natijaga erishishni istagan ayol bolalikdagi singdirilgan chegaralarni emas, aksincha erkaklarga xos suhbatni, ya`ni dangallik va cho`rtkesarlikni qo`llay olish zarur

Yoshi kattaroq ayollarimiz biror natija va yuqori daromadga ega bo`lishlari uchun bolalikdagi chegaralarni unutishi va kurashishi kerak. Odatda mendan yosh onalar ko`p so`raydigan savollardan biri: “Qizalog`imga qanday tarbiya bersam, kelajakda o`ziga ishongan qiz bo`lib voyaga yetadi”. Men doim ularga bir xil javob beraman, har kuni:

-Gapimni bo`lma

-Hozirgina aytdim

-Izohga hojat yo`q

O`ylaymanki, mana shu uch ibora nafaqat qizaloqlarga, o`g`il bolalar va kattalarga ham ijobiy ta`sirini ko`rsatadi.