Xavotir va stresslarni yenga olmayapsizmi? Unda kundalik tuting

Biz odatda vaqtning tig`izligi, hayotimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy muammolar charchatib qo`yganda, xayolimizga bir-biridan xunuk fikrlar kelganda va ulardan qanday qutilishni bilmaganda kundalik tuting va ko`nglingizdan o`tayotgan har qanday xavotirni kundalikka yozishni o`rganing. Psixologik holatingizni shifoxonada davolash shart bo`lmasa ham, vaqti-vaqti bilan o`zingizda va ko`nglingizda havotir sezsangiz:

  • Nazoratga olib bo`lmaydigan xavotirda bo`lsangiz
  • O`zingizni e`tibordan chetda qolganday xis qilsangiz
  • Uyqusizlik
  • Zo`riqish
  • Qorin, bosh, belda va hazm qilishdagi muammolar bo`lsa
  • Yuzdagi sababsiz qizarishlar
  • Sababsiz havotirli xayollar

Havotirga tushib qolishimizning sabablaridan biri-tushunarsiz xayollardir. Miyamiz nimadandir havotirlanishni boshlaganidanoq boshqa fikrlarni qabul qilishdan to`xtaydi. Yomon xotiralarga o`ralashib qolishimiz bizni muammo ichida yanayam chuqurroq o`ralashib qolishimizga sababchi bo`ladi. Bunday bo`lmag`ur xayollar qo`rquvimizni yanayam kuchaytirib, aslida yo`q bo`lgan muammolarni xosil qilaveradi, deydi psixoterapevt Sheron Martin.

Psixoterapiyada havotir va stresslardan qutilishning bir qancha usullari bor. Bular jumlasiga dori-darmon, sport bilan shug`ullanish, meditatsiya, kundalik tutish ham yetakchi o`rinlarda turadi. Yuqorida qayd etilgan holatlardan biriga tushib qolsangiz, kundalik tutish jiddiylashib ketishi mumkin bo`lgan xolatlarning oldini olgan bo`ladi.

Kundalikni har kuni yoki har ikki-uch haftada yozishga odatlaning. Ayniqsa ishga ketishdan oldin yoki uyquga ketishdan avval tuyg’ularingizni qog’ozga tushirish kundalik yozish odatini shakllantiradi, deydi Sheron Martin.

Quyida yozganlarimizning hammasini yozishingiz shart emas. Holatingizdan kelib chiqqan xolda e`tibor qaratishingiz tarafdorimiz:

  1. Meni aynan hozir nima havotirga solyapti?
  2. Qaysi odamlar va holatlar menda stressni chaqiradi?
  3. Bunday odamlar oldida o`zimni qanday tutishim kerak?
  4. Mening havotirim 1 dan 10 gacha bo`lgan shkalada nechanchi darajada?
  5. Tanamning qaysi qismida zo`riqishni his qilyapman?
  6. Mendagi holatning havotir yoki stress ekanligini qanday farqiga borsam bo`ladi?
  7. Miyamda qanday fikrlar aylanmoqda?
  8. Havotirlanganimda nimalarni his qilaman?
  9. Qanday yomon holatlar bo`lishi mumkin?
  10. Oldin shunday stress holatiga tushganimda qanday yo`l tutar edim?
  11. Havotir bilan kurashuvchi qanday usullarni bilaman?
  12. Qanday qilib va qachon bu usullardan foydalanaman?O`zingiz uchun aniq reja tuzib oling. Masalan: “Bugun men ishdan keyin basseynga boraman”.
  1. Bugun hayotingizdagi uchta quvonchli voqeya?
  2. Mening uchta kuchli tomonlarim. Xavotirim menga nima demoqchi?
  3. Balki bu havotir menga yordam berar?

Havotirni boshqarish oson emas. Odatlaringiz va hulqingizni o`zgartirish uchun ko`p vaqt va kuch talab qilinadi. Kundalik yuritish esa sizdagi his-tuyg`ular va o`y-xayollardagi o`zgarishlarni o`z vaqtida tushunishga yordam beradi. O`zingizdagi muammolarni qancha tez aniqlasangiz, shuncha tez sizni qo`llab-quvvatlovchilarga murojaat qilgan bo`lasiz.