Munosabatlarni buzuvchi 10 ta holat

Erkak va ayol o`rtasidagi munosabatlar nozik masalalrdan biridir. Odatda normal hisoblangan xulq munosabatlarning ichidan darz ketishiga sabab bo`ladi.

Qanday odatlar va o`rtaga sovuqchilik tushuruvchi hatti-harakatlardan o’zini tiymoq lozim?

Uzoq va baxtli yashashni istasangiz nimalar qilishdan saqlanishingiz kerak?

  1. O`zingizni birovga butunlay baxshida qilish

“You are my everything” (Sen mening borlig`imsan) – 1970 yillarda shu qo`shiq urf bo`lgandi, hozir ham urfdan qolmagan. Judayam romantik qo`shiq, shundaymi? Aslida esa unday emas, juftingiz sizning butun borlig`ingiz bo`lishi mumkin emas, negaki shunday bo`lsa o’zingizdan tortib maqsadingiz, xohishlaringiz, odatlaringiz ham hech qanday o`ringa emas ekan-da? Munosabatlarda ikki insondan biri ikkinchisi uchun qurbon bo`lishini sog`lom munosabat deya olmaymiz.

  1. Doim aloqada bo`lish

Suxbatlashish yaxshi, u mustahkam munosabatlar garovidir, lekin doimiy va sababsiz aloqaga chiqaverish g`alati emasmi? Mening bir hamkasbim bor, uning sevgilisi bir kunda 12 marotaba qo`ng`iroq qiladi. Qo`ng`roq sabablari tayinsiz:

– Salom! Tushlikka ketayapman. Biror narsa yeb oldingizmi? Ha, mayli, xayr!

Yarim soatlardan keyin:

– Kafeda kimni ko`rdim, aytaymi!? Sobiq sinfdosh dugonamni uchratsam, deng, lekin siz uni tanimaysiz.

Taxminan yana bir soatlardan keyin:

– Bugun kechki ovqat tayyorlaymi yoki pitsa aytamizmi?

Bunday munosabat, ya`ni tinimsiz aloqada bo`lish 8-sinf yoshidagilar uhun xos aslida. Juftingizga arzimagan, bo`lar-bo`lmas masalalr bilan joniga tegishingiz shart emas.

  1. Yomon kayfiyatingizni chetga suring

Sizga ishda rahbaringiz baqirdi, paltongizga  metroda loy tegdi, umuman olganda bugun kuningiz judayam yomon o`tdi. Uyga kelganingizda juftingiz ham sizga noo`rin gap aytdi va kun bo`yi yig`ilgan negativlaringiz hamda bor alamingizni juftingizga sochdingiz! Sizningcha bugungi kundagi omadsizlikka u sababchidek go`yo! Bu hudbinlik ko`rinishlaridan biri sanaladi. Agar har safar ko`chadan kayfiyatingiz buzilaversa, zaxringizni sochaversangiz, ishoning, munosabatlaringiz uzoqqa bormasligi aniq!

  1. His -tuyg`ularingizni jilovlang

Juftingizga doimo: “Meni keraklicha quchmadingiz”, “Meni ko`rganingizdan xursand emasmisiz”, “Bugun buncha jiddiy bo`lib oldingiz?”, “Meni sevmay qo`ydingizmi?” deyishdan saqlaning. Har doim u sizga xis-tuyg`ularini ko`rsatishi shart emas. Balki ishdan charchab kelgandir yoki kayfiyati yoqdir. Hislarini tahlil qilishni bas qiling. Agar juda aytgisi kelsa o`zi aytadi, ishoning.

  1. Hammasini birga qilamiz

Biz birgamiz degani – har kun ertalab tishni birga yuvish, ishga birga ketish, birga qaytish… Balki bir xil ko`rinishdagi futbolka kiyish deganidir!? G`alati emasmi? Sizning birgaligingiz hayotingizning har bir qadami va kuni bir xil bo`lish kerak degani emas. Siz bir-biringizni to`ldirib yashang. Sizning shaxs sifatida o`z qiziqishlaringiz, do`stlaringiz borligidek uning ham o`z qiziqishlari bor. Shunday paytlari bo`ladiki, bir-biringizdan xoliroq bo`lishni istab qolasiz.

  1. O`ta to`g`risoz bo`lish

Doim to`gri so`z bo`lish yaxshi, lekin hamma gapni aytish va u hamma gapni bilishi shart emas aslida. Balki siz olgan tufli oyoqlaringizga yarashganini ko`rgani yaxshi-yu, narxini bilmagani yaxshiroqdir?!

  1. Hisob yuritish

Ba`zi juftliklar vaqt o`tishi bilan kim ko`proq xato qilganini hisoblashni boshlashadi. Qulay fursat yetdi deguncha ikkala tomon bir-birining xatolarini yuziga solishni boshlaydi. Bunday munosabatlarda o`rtadagi ishonch yo`qolib, uning o’rnini doimiy shubha va yolg`onchilik egallaydi.

  1. Onalik qilmang, siz onasi emassiz

Ba`zi juftliklar orasida birlari o`ta mehribon bo`lishadi. Mehribon bo`lish albatta yaxshi, faqat unutmangki, yoningizda 8 yoshli bola emas va siz uning onasi emassiz. “Qalinroq kiyindingizmi”, “Tushlik qildingizmi?”, “Dori ichadigan paytingiz bo`lib qoldi, ichdingizmi?” kabi iboralar vaqt o`tgan sari juftingizni g`ashiga tega boshlaydi, sizsiz ham u nimani qachon yeb, ichishni juda yaxshi biladi.

  1. Munosabatlarni ko`z-ko`z qilish

Hozirgi kundagi eng katta muammolarimizdan biri! Siz shunchalik baxtlisizki, buni butun dunyo bilishi kerak go`yo. Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifangiz “hotiralaringiz” bilan to`lib-toshadi, ayniqsa fotosuratlaringiz, sevgi izhorlaringiz! Hatto do`stlaringiz ham layk tugmachasini bosib charchab ketishadi.

  1. Ilmoqli gaplar

Juftingiz bilan orangizda kelishmovchiik bo`ldi, hafa bo`ldingiz, lekin “Yoq, hafa emasman” deysiz-u aksini qilib qovoq-tumshuq qilasiz. Bu bilan siz passiv agressiyani ko`rsatasiz, bu esa juftingizda sizning holatingizga nisbatan bezillash va o`ziga bo`lgan ishonchni yo`qotib boraveradi. Yaxshisi juftingizga qovoq osmasdan sizga aynan nima yoqmagani yoki nima qoniqtirmaganini ochiqcha gaplashganingiz yaxshi.