Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Oiladagi zo`ravonlik qurbonlarini nima uchun muhokama qilamiz?

Oiladagi zo`ravonlik qurbonlarini nima uchun muhokama qilamiz?
16 Noy 2020

Quyidagi izohlarni o`qishingiz sizda besh daqiqa ichida sovuq ter chiqarsa ajab emas: xatto neytral fikrlovchilar ham negadir aybdorni emas, aksincha...

Quyidagi izohlarni o`qishingiz sizda besh daqiqa ichida sovuq ter chiqarsa ajab emas: xatto neytral fikrlovchilar ham negadir aybdorni emas, aksincha uning qurbonini ayblashadi, fojia tomoshabinlari sodir bo’lgan voqealar uchun aynan u sababchi deb hisoblashadi. Afsuski, bu umum qabul qilingan pozitsiya. Bu haqda ozchilik o`z fikrini ochiqcha bildira oladi, ammo oiladagi zo’ravonlik ishtirokchilariga doimo beriladigan bir qator savollar ortida aksiomalar mavjud. Bir qarashda nima bo`lganligi haqidagi savolni bersangiz, tinglangan javoblar aql-farosati bor insonlarning javobi emas degan xulosaga kelasiz. Biz bu yerda bir nechta misollarni keltirdik, xolos.

– Nega u qochmadi?

Odatdagidek noto’g’ri tushuncha: Jabrlanuvchiga berilgan azoblar hech ham ta`sir qilmagandek go`yo! Aql-idrokini ishga solib, hech qanday xissiyotga berilmasdan qaror qabul qilolgani uchun u xali ham shu yerda. U zo`ravonga nisbatan hech qanday salbiy munosabat bildirmaydi, axir o`rtada sevgi-muhabbat bor! Ajralib ketish muammo emas, lekin u aqlli bo`lgani uchun ham odamlarning gaplariga quloq solmaydi va oilasini buzmaydi. Afsuski, jamiyatimizda bunday holatlar er va xotin o`rtasidagi oddiy xol deb hisoblashadi. Bu ayolning qurbonligi emas, shunchaki oilaviy kelishmovchik deb baholashadi…

«U ketmabdimi? Demak unga shu qulay!»

Keng tarqalgan noto’g’ri tushunchalardan yana biri: jabrdiyda ayolning fikri va hissiyotlari inobatga olinmaydi, vaziyatni baholaganda sho`rlik ayolga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlari xatto kamsitilgan bo`lsa ham, ular hisobga olinmaydi. Ko`pchilikning fikricha, urdimi, demak bunga yetarlicha sabab bor. “Buning ko`ngliga qarasa nimalarni istab qolmaydi!” deb o’ylashadi. Ular ayol bechora oilasi parokanda bo`lmasligini istab qaytib kelgandir degan yaxshi gumonga borishmaydi. Zulmkor er,  qurbonga nima kerakligini yaxshiroq biladi, u dono, u hamma narsani biladi. Ayoliga nima kerak yoki kerak emasligini ham u biladi va o`zi hal qiladi. Demak ayolga ham shunday hayot ma`qul deb hisoblashadi.

«O’zi bunga sababchi!»

Keng tarqalgan noto’g’ri tushuncha: Inson o’zi bilan sodir bo’lgan hamma narsaga o`zi aybdor. О’zingiz ishongan odamdan kaltak yesangiz, demak o`zingiz aybdorsiz. Odamlar yo’limda hech qachon qaroqchilar, terrorchilarni uchratmayman, boshqalar ham to o’zing noto’g’ri hatti-harakat qilmaguningcha yovuzlik qilishmaydi, go’yo.

«Keling, boshqa tomonni eshitaylik!»

Noto`g`ri tushuncha: Tajovuzkor zo’ravonlikni qo’llash uchun yetarlicha sabablarni vaj qilib ko`rsatadi. Aytilgan faktlar va qilingan barcha zo`ravonlik va tahqirlashlar, jabrlanuvchining iddaolariga asos bo`lolmaydi. Zo`ravonning fikrlarini tinglash va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish kerak. Jabrlanuvchi nimanidir yashirgan bo’lishi mumkin va zo`ravon er kaltaklash va xo’rlashdan boshqa chorasi qolmaganidan shu ishga qo`l uradi.

«Moddiy qaramlik»

Odatda: Moliyaviy ustunlikka ega bo`lganlar qarshisidagi odamni xotirjam kaltaklash mumkin degan tushunchaga ega bo’ladi. Odamlar o’rtasidagi uzoq muddatli munosabatlar shu fikrning jamiyatda ustuvor bo’lishiga olib keldi. To`g`ri, yaxshi yashash uchun moddiy farovonlik kerak. Ko’rinib turibdiki, ba`zi munosabatlarda erlar ayollariga nisbatan “Meni pullarimsiz yasholmaydi” degan xulosada bo`ladi va o`z-o`zidan xotinini o`ziga qaram deb hisoblaganidan, “Men aytganimdek bo`lishi kerak” deydi va ayollar ular uchun moliyaviy qaramlikda yashaydi.

“Qandaydir ahmoqning iqrori «

Odatdagidek noto’g’ri tushunchadir: Rahm-shafqat nimaligini bilmaydigan insonlar, ularni muammolarini tinglashga qodir emas. Agar siz uzoqni ko’ra olmaydigan, ahmoq, kuchsiz yoki yolg’onchi bo’lsangiz, sizni kaltaklash va xo’rlash mumkin degani emas. Hammaning o’z fikri bor, lekin bu odamlar nima derkin deb, xo`rlanib, kaltak yeb o`tirishga majbursiz degani emas. O`z haq-huquqingizni bilmaganinigiz uchu shu ahvolga tushib o’tiribsiz. Hech qachon xo’rlik va kaltaklanishga rozi bo`lmang! Tegishli organlarga ariza bering, unday insonlar mehr-shafqatga munosib emas!

«Hayot haqiqatlari»

Odatdagidek noto’g’ri tushuncha: Oiladagi zo`ravonlik bo`lgani bilan bizda qabul qilingan normalar bor. O’qituvchilar maktab o’quvchilariga baqirishadi, qamoqxonadagilar mahbuslarni masxara qilishadi. Qonunlar qabul qilingani bilan yuqorida sanab o`tilgan holatlar davom etaverganidan, norozi bo`lib shikoyat qilishdan foydasi yo`q degan xulosaga kelishadi. Huddi shunday jabrdiyda ham, kaltaklanishni oddiy xol deb qabul qilishi kerar. Esingizda bo`lsin, sizning sog`ligingiz hamma narsadan ustun!

«Men kaltaklanmaganman va sudga murojaat qilmaganman»

Noto’g’ri tushuncha: Jabrlanuvchi singari barchamiz adolatli dunyoda yashaymiz, va biz doim yaxshilik yomonlik ustidan g`alaba qozonishiga ishonamiz, negaki huquqni muhofaza qilish idoralarida himoyachilar ishlashiga ishonamiz. Bu dunyoda har qanday vaziyatning holati darhol aniq bo’lishi uchun ham sud tizimi bor, jabrlanuvchinig fikrlari diqqat bilan o`rganiladi, uning haq-huquqlari himoya qilinadi. Jabrlanuvchi o’zining fuqarolik huquqlaridan foydalanmagani u jabrlanuvchi emasligiga ishora bo’lmasligi kerak.

 

Bunday mulohazalar haqiqatni topishda hech qanday yordam bermaydi, ular bu bilan mushtumzo`rlarning o’z huquqlariga bo’lgan ishonchini yanada oshirib, demak ursam ham, so`ksam ham hech narsa bo`lmaydi qabilida ish ko`radilar. Bu esa jabrlanuvchining zo`ravonlik qurboniga aylanishini osonlashtiradi. Jabrlanuvchiga beriladigan asosli savollarning barchasi uning ayblovi va zo’ravonlik tarqalishining sabablarini tushunishni istamasligidan kelib chiqadi.

 

Shunday qilib, sizda ham shunday savollar berib, zo’ravonlik qurbonlarining xolatini muhokama qilish istagi tug`ilib qolsa, ayblashdan avval ularning o`rnida yashab ko`ring. Agar erkak bo`lsangiz, o’zingizning zo’ravonligingizni oqlashga arziydi, deb o`ylaysizmi?

Hurmatli ayollar sizga nisbatan zo’ravonlik ishlatganlarni oqlamoqchimisiz? Ayb o`zimda deb o`ylaysizmi? «Bu hech qachon men bilan sodir bo’lmaydi» degan fikrdamisiz? Hech qachon “Hech qachon demang!” Bu hayot…

“Sukut saqlama”uchun tarjima qilindi

https://www.wonderzine.com/wonderzine/life/life-opinion/202533-violence

Oldingi maqola

Гендер тенглик, аёллар, аҳоли заиф қатламининг ҳуқуқлари, зўравонликнинг ҳар қандай турлари ҳақида бугун кимлар ёзмоқда?!
13 Noy 2020
Гендер тенглик, аёллар, аҳоли заиф қатламининг ҳуқуқлари, зўравонликнинг ҳар қандай турлари ҳақида бугун кимлар ёзмоқда?!

Keyingi maqola

Аёлларнинг ижтимоий хаётдаги ўрни
17 Noy 2020
Аёлларнинг ижтимоий хаётдаги ўрни
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Овқатланиш тизими бузилиши ҳақида ҳикоя
25 Aprel 2023
Овқатланиш тизими бузилиши ҳақида ҳикоя

Менинг исмим Ҳелга, 32 ёшдаман. «Менинг илк диетам 16 ёшимда бошланган, бир нечта озғин дугоналарим бор эди, улар бунинг учун ҳеч ҳам ҳаракат қилмаган, семиз бўлганлар ичида вазн йўқотганлар ҳам бор эди ва мени ортиқча вазнга мойил бўлган, лекин ўзини овқатдан чеклайдиган инсонлар жуда қизиқтирарди, чунки мен ҳам шундай иродага эга бўлишни хоҳлардим, шунингдек, дугоналарим, […]

Tegishli barcha maqolalar
top