Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi?

Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi?
30 Yan 2025

Ba’zi holatlarda ayollarning reaksiyalari ziddiyatli bo‘lib, na an’anaviy qarashlar, na feministik zo‘rlash tushunchalari bilan mos keladi. Mening tadqiqotimda qatnashgan bir...

Ba’zi holatlarda ayollarning reaksiyalari ziddiyatli bo‘lib, na an’anaviy qarashlar, na feministik zo‘rlash tushunchalari bilan mos keladi. Mening tadqiqotimda qatnashgan bir ayol (Gavi, 1990) o‘z yigitiga qarata: “Biz birinchi marta jinsiy aloqada bo‘lganimizda, sen meni zo‘rlagansan,” deb aytmoqchi bo‘lgan. Ammo u majburiy jinsiy aloqani zo‘rlash deb qabul qilmagan va o‘sha erkak bilan munosabatni ikki yildan ko‘proq davom ettirgan. Ayol ushbu va boshqa majburiy jinsiy tajribalariga nisbatan murakkab, qarama-qarshi, noaniq va o‘zgaruvchan hissiyotlarini batafsil bayon qildi. Shuningdek, u zo‘rlashga oid odatiy feministik tahlillar unga to‘liq yordam bermaganini aytdi. Ayolning reaksiyasi zo‘rlashga qanday javob berish haqidagi tavsiyalarga mos kelmagan – chunki u o‘sha zo‘ravon erkakni sevgan, o‘rtada o‘tgan ba’zi jinsiy munosabatlar “ajoyib” bo‘lganini tan olgan.  Endi esa o‘zini o‘sha paytda “kasal” va “mazoxist” shaxs bo‘lgan, deb biladi.

Sharon Lemb (1996) bir ayolning hikoyasini so‘zlab beradi: ayolni oshiq yigiti mutassil zo‘rlab kelgan, ammo yigit buni zo‘rlash deb bilmagan, mana shu tan olmaslik sabab ayol uni tark etgan. Bu yerda zo‘rlashning o‘zidan ko‘ra, zo‘rlashni tan olmaslik va bahololmaslik ahamiyat kasb etyapti. 

Zo‘rlashga oid feminstik tushunchalar bunday ayollarning tajribalarini noto‘g‘ri tushuncha mahsuli tarzida inkor qilmay, kuchli e’tibor qaratishi lozim.  Bunday noaniq va ziddiyatli tajribalarni diqqat bilan tinglash va nazariy asosda tahlil qilish, geteroseksuallik va zo‘rlash o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib berish muhim.

Shuningdek, bu zo‘rlashga doir feministik tahlillarni shakllantirishga yordam beradi, oqibatda esa zo‘rlangan barcha ayollarga nisbatan, ular buni qay tarzda boshdan o‘tkizganlariga qaramay, hamdardlik uyg‘otadi.

Garchi qisqa muddatli perspektivada anchagina siyosiy xarajatlar sabab bo‘lishiga qaramay, zo‘rlashning ayollarga ta’siri haqidagi murakkab va noaniq yondashuvni qabul qilish, oxir-oqibat samarali siyosiy strategiyaga olib kelish ehtimoli bor. Psixologlar, terapevtlar hamda faollar zo‘rlash travmasini tushunishni, yordam berish va bu haqda gapirishni davom ettirishlari kerak, lekin shu bilan birga, masalan, barcha ayollar zo‘rlashdan travma olmasligi mumkinligini ham qabul qilish lozim. Ko‘pchiligimiz bu og`riqli tajribani “shaxsiy darajada” qabul qilgan bo‘lsak-da, ularni omma oldida ochiq muhokama qilishdan tiyilamiz, chunki noto‘g‘ri talqin qilinishidan kelib chiqadigan ehtimoliy siyosiy xavflardan xavotirda bo‘lganmiz. An’anaviy empirik psixologiya tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, zo‘rlashga nisbatan odatda bir nechta keng tarqalgan salbiy psixologik reaksiyalar mavjud, ammo barcha zo‘rlangan ayollar bunday reaksiyalarni boshdan kechirmaydi. Bundan tashqari, “zo‘rlangan va zo‘rlanmagan ayollarning psixologik simptomlari orasidagi  farqlar uch oydan keyin yo‘qoladi, bundan mustasno holatlar – esa qo‘rquv, xavotir, o‘zini past baholash va jinsiy disfunksiya uzoq payt davom etadi. Ushbu ta’sirlar 18 oy yoki undan ham uzoq davom etishi mumkin” (Koss, 1993, 1063-bet).

Shunga qaramay, zo‘rlashni boshdan kechirganda, travma olmaslik mumkinligi  zarar yetkazish haqidagi gaplarga qaraganda kamroq ta’kidlanadi. Biroq zo‘rlashning ta’siri haqida olingan  “xulosa”  bir savolni tug‘diradi: tajribalarni aniq kategoriyada baholashga  majbur bo‘lgan bunday tadqiqotlar zo‘rlashning nozik, o‘ziga xos va oldindan aytib bo‘lmaydigan psixologik ta’sirlarini ko‘rishga imkon beradimi?

Psixologik muammolarning tibbiy model doirasidagi tushunchalarida travmaning ta’siri haqida qarama-qarshi taklif ilgari suriladi: “Travmadan keyin oylar yoki yillar o‘tib simptomlarning paydo bo‘lishi odatiy hol emas” (APA, 1980; Koss va boshq., 1987, 169-bet).

Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi?

Garchi ayrim jinsiy majburlash holatlari (ehtimol bunga zo‘rlashning tor ta’rifiga mos keladigan ko‘pgina yoki barcha holatlarni kiritsa bo‘lar) da qurbon aniq bo‘lsa, boshqalarida noaniqdir. Ehtimol, bizning barcha jinsiy tajovuz holatlarini va ko‘plab istalmagan jinsiy aloqalarni jabrlash sifatida tushunishimiz ta’siri og`ir bo`lmagan vaziyatlarda ham jabrlanuvchi va qurbonni yaratayotgandir? Garchi bu savol qarshilik pozitsiyalariga xos xavotirni o‘zida aks ettirsa-da, u feministlar uchun muhim masalani ko‘taradi. Zo‘rlashga urinish va jinsiy tajovuzga urinish tajribalari  haqiqiy zo‘rlash va jinsiy tajovuz tajribalaridan tubdan farq qiladimi?

O‘z boshimdan o‘tgan holat esimda, 16 yoshlar edim, meni zo‘rlashga urinishgan. Voqea Yangi yil oqshomida  yarim kechgacha ishlaganim va ziyofatga ketaturib, mendan yoshi ancha katta erkak hamkasbimning uyiga kirib o`tishga aldov orqali majburlanganimni o‘z ichiga oladi. U kvartira eshigidan uncha uzoq bo‘lmagan to‘shakka meni irg‘itib, ustimga sakrab chiqdi va shimimni yechishga urindi. Jussasi nisbatan kichik erkak edi, men esa sport bilan shug‘ullanganim uchun jismonan ancha baquvvat edim. Shimimni yechmasligi uchun qo‘limdan kelganicha kurashganimni eslayman, chunki (o‘sha paytda menga shunday tuyuldi) u men bilan jinsiy aloqa qilishni niyat qilgandi. (Bu holat meni yana bir masala haqida o‘ylashga majbur qiladi: erkak va ayol tanish bo‘lgan holatda va, tasavvur qilinsa, o‘zaro jinsiy yaqinlikni ma’qul deb hisoblash mumkin bo‘lgan vaziyatda, erkakning harakatlarini “zo‘rlashga urinish” deb aniq baholash  qanchalik qiyin.)

Biz yarim kechgacha ishlagan o‘sha restoranda boshqa hamkasblar bilan birga alkogol ichganimizga qaramay, bu erkakka nisbatan hech qanday jinsiy qiziqishim yo‘qligiga  shubha qilmaganman – ayniqsa, o‘sha vaziyatda. Unga nisbatan munosabatimda noaniqlik yo‘q edi, men aniq-tiniq qilib jinsiy aloqani xohlamasligimni aytdim, shuningdek, imkon darajasida jismonan qarshilik ko‘rsatdim. Ammo u fikrini o‘zgartirmadi va maqsadini davom ettirishga intildi. O‘ylashimcha, mening jismonan baquvvatligim unga faol va muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishimga imkon berdi, natijada u o‘z urinishlarini davom ettirolmadi.  

O‘n yillar o‘tib, jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maslahat beruvchi agentlikda ishlayotganimda, o‘sha submadaniy muhit meni ushbu tajribani zo‘rlashga urinish sifatida qayta ko‘rib chiqishga va  salbiy ta’sirlari haqida o‘ylashga undadi. Bu tajribani talqin qilishning mutlaqo yangi usuli bo‘lmasa-da, voqeaning ta’sirini mustahkamladi. O‘sha erkakning menga bo‘lgan “qiziqishi”dan xavotirlanganim va kelasi oqshomlar ishdan chiqishda onamning meni olib ketishini so‘raganimni eslayman. Shuningdek, istalmagan jinsiy aloqaga bo‘lgan kuchli urinishni qaytara olganim menga o‘zimni kuchli, qat’iyatli va yengilmas his qilishimga sabab bo‘lgani yodimda. Garchi bu voqeadan keyin shaxsiyatim va seksualligimga salbiy ta’sirlar bo‘lgan-bo‘lmaganiga to‘liq amin bo‘lish uchun yetarli tafsilotlarni eslay olmasam-da, zo‘rlashga urinishni muvaffaqiyatli qaytarishning ayollarga ta’siri o`zini himoya qilolmaslik ortidan sodir bo`lgan zo‘rlash tajribalaridan tubdan farq qilishini anglayman.

Mening holatimda o‘zimni jabrlanuvchi deb hisoblamayman. Erkakning harakatlari yoqmasa-da, ammo “menga jabr yetkazishdi” degan ishonch yo‘q ichimda.  Aksincha, ushbu voqea mening biroz zaifligimga ishora qilsa-da, kuchli ekanimni ham ko‘rsatgan. Sodir bo‘lgan voqeani “jabrlanish” deb atash to‘g‘rimi? Yoki voqeani erkakning manfaatparast va jirkanch niyati sifatida talqin etmasdan, ayolning jismoniy qarshilik ko‘rsatish va kurashish imkoniyatini urg‘ulaydigan boshqacha talqin usullarini yaratish kerakmi? Zo‘rlashga urinishlari chog‘idagi ayollarning o‘zini himoya qilish xususiyatiga ramziy ma’noda, “Xena faktori” –  ya’ni kuch va mustaqillik namoyishi sifatida qarash mumkinmi?

Oldingi maqola

Feministik javob – metodologiya
29 Yan 2025
Feministik javob – metodologiya

Keyingi maqola

“Jinsiy qurbon emasman, ammo...”. “Jinsiy qurbonlik” atamasi  ta’rifini qayta ko‘rib chiqish
30 Yan 2025
“Jinsiy qurbon emasman, ammo...”. “Jinsiy qurbonlik” atamasi  ta’rifini qayta ko‘rib chiqish
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top