Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Qoshlar ayol haqida so‘zlagan davr: go‘zallik ustidan nazorat Markaziy Osiyoning ijtimoiy kun tartibini qanday shakllantirgan

Qoshlar ayol haqida so‘zlagan davr: go‘zallik ustidan nazorat Markaziy Osiyoning ijtimoiy kun tartibini qanday shakllantirgan
18 Sen 2026

Manshuq muallifi Shahzoda Mirakova ayol tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan munosabat, go‘zallik va uning standartlari haqidagi muhim mavzuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ayollarning...

Manshuq muallifi Shahzoda Mirakova ayol tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan munosabat, go‘zallik va uning standartlari haqidagi muhim mavzuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ayollarning shaxsiy hikoyalari hamda madaniy jihatlar orqali yoritadi. Shuningdek, Shahzoda tutash qosh tarixini nihoyatda qiziqarli tarzda hikoya qiladi.

Shahzoda Mirakova
9-sentabr, 2026-yil

Tashqi ko‘rinishda shunday tafsilotlar borki, bir qarashda ular orqali jamiyat tarixini hikoya qilish mumkinligi g‘alati tuyuladi. Ammo Markaziy Osiyoda qoshlar avlodlar davomida yuzning oddiy bir qismidan ancha ko‘proq ma’no ifodalagan: ularning shakli, qalinligi va hatto ayolning ularni terishi yoki termasligi uning yoshi, oilaviy holati, tarbiyasi hamda tashqi ko‘rinishi jamiyatdagi ayol go‘zalligi haqidagi tasavvurlarga qanchalik mos kelishi haqida ma’lumot berishi mumkin edi.

O‘zbekiston va Tojikistonning ayrim jamoatlarida turmushga chiqmagan qiz qoshining tabiiy shaklini faol ravishda o‘zgartirmasligi kerak, degan fikr mavjud bo‘lgan. Turmushga chiqqanidan keyin esa qoshlarni terish va ularga aniqroq shakl berish mumkin edi. Bu butun Markaziy Osiyo uchun yagona qoida bo‘lmagan, biroq qoshlar bilan oilaviy holat o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik tashqi ko‘rinishga kundalik parvarish ayolning ijtimoiy roli bilan qanchalik chambarchas bog‘langanini ko‘rsatadi.

Zamonaviy go‘zallik salonlari o‘rniga bunday jarayon ko‘pincha uydagi ayollar davrasining bir qismi bo‘lgan. Ona, opa-singil, xola yoki boshqa qarindosh ayol qizga qoshlarini tartibga keltirishda yordam berar, shu bilan birga yosh va oilaviy holatda qanday tashqi ko‘rinish munosib hisoblanishi haqidagi tasavvurlarni ham qizga tushuntirishardi.

Shu bilan birga, an’anaviy estetika bugungi kunda keng tarqalgan — tutash qoshlarni albatta ajratish kerak — degan tushunchadan ancha yiroq edi. Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida qalin, tabiiy va hatto tutash qoshlar jozibadorlik hamda ayol go‘zalligining belgisi sifatida qabul qilingan. Qoshlarni termaslik esa o‘ziga qarashning yo‘qligini anglatmagan.

Aksincha, o‘sma yordamida qoshlarning qalinligi va to‘q rangini alohida urg’u berilgan. O‘sma qoshlarni bo‘yash uchun ishlatilgan o‘simlik bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib kelgan ayollar kosmetik amaliyotining bir qismiga aylangan.

Qoshlarni parvarish qilish asosan ayollar davrasida kechgan va kosmetik bilimlar kuzatish hamda amaliyot orqali uzatilgan: ona qiziga o‘smani qanday ishlatishni ko‘rsatishi, qarindosh ayol ip bilan tuklarni qanday terishni o‘rgatishi, yoshi kattaroq ayollar esa nima sababdan muayyan yoshda qoshlarni tabiiy holatda qoldirish yoki, aksincha, ularga shakl bera boshlash kerakligini tushuntirishi mumkin edi. Shu tarzda kosmetik usullar bilan bir qatorda ayollik haqidagi ijtimoiy tasavvurlar ham avloddan avlodga o‘tgan.

Instagram: @yodudeimtalga

«Uyg‘urlarda qadimiy bir marosim bor: ular o‘smani soch va tuklar o‘sishini tabiiy ravishda kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatishadi. Kadrlarda yoshi katta ayol bu an’anani yosh ayolga yetkazayotgan lahza tasvirlangan. Ular uchun bu kundalik hayotning bir qismi, men uchun esa — avlodlar davomiyligining muqaddas bir amali.

Bu suratga olish jarayoni men uchun o‘zimni anglash lahzasiga aylandi. Beshinchi sinfgacha o‘zimni qozoq deb bilardim. Maktab daftarlarim chiroyli yozuv bilan bitilgan «қазақ» so‘ziga to‘la bo‘lganini eslayman. Keyinchalik mening o‘zligim biroz murakkabroq ekanini bildim: onam qozoq, otam esa yo‘q.

*Bu uyg‘ur marosimini birinchi marta kuzatar ekanman, o‘zimni begona his qilmadim. Aksincha, unda o‘z tariximning *ifodalanganini ko‘rdim. Bizning umumiy zaminimizda — Sharqiy Turkiston va Qozog‘istonda — o‘sadigan o‘sma hamda g‘amxo‘rlikni yoshlarga yetkazayotgan kattalarning qo‘llari men uchun chegaralarni yo‘q qildi. Men shuni angladim: tariximizni birlashtiradigan narsa qon emas, balki shu zaminga daxldorlik va umumiy madaniy qatlamlardir. Bu seriya madaniyat biz orqali qanday unib chiqishi va bizni birlashtirishi haqida».

Fotograf @yodudeimtalga, Instagram

Vaqt o‘tishi bilan bu tasavvurlar shahar madaniyati, ommaviy jurnallar, televideniye, keyinchalik esa internet va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘zgara boshladi. Ingichkaroq, bir-biridan aniq ajratilgan va shakl berilgan qoshlar zamonaviy shahar ayoli qiyofasi bilan bog‘lana boshladi. Qalin tutash qosh esa Markaziy Osiyodagi an’anaviy go‘zallikning taniqli vizual ramzi bo‘lib qolaverdi va ba’zan hatto masxara qilish uchun sababga aylandi.

Men uchun bu masala shaxsiy ahamiyatga ham ega

O‘smirlik davrimda O‘zbekistonda yashagan paytim, taxminan 2015-yilda, ilk bor qoshlarimni terishga qaror qildim. Men buni ulg‘ayish davrida tashqi ko‘rinishimni o‘zgartirishga bo‘lgan oddiy istak sifatida qabul qilardim. Ammo atrofdagilarning munosabati men kutmagandek bo‘ldi: odamlar oilaviy holatim haqida so‘ray boshlashdi, go‘yo qoshlarim shaklining o‘zgarishi turmushga chiqqanimni yoki boshqa bir ijtimoiy maqomga o‘tganimni anglatishi mumkin edi.

O‘shanda men ilk bor ayolning tashqi ko‘rinishi qanchalik osonlik bilan faqat uning shaxsiy ishi bo‘lmay qolishi mumkinligini his qildim. Men uchun oddiy kosmetik tanlov bo‘lgan narsani atrofdagilar ijtimoiy belgi sifatida talqin qilishdi. Turmushga chiqqan-chiqmaganim haqidagi savolning o‘ziyoq ayol tashqi ko‘rinishi uning ijtimoiy maqomi haqidagi tasavvurlar bilan qanchalik bog‘langanini ko‘rsatdi.

Keyinchalik bu haqda Instagramda ochiq gapirishga qaror qildim va o‘z tajribam haqida Reel joyladim. Shundan so‘ng ayollar o‘z hikoyalarini men bilan bo‘lisha boshlashdi.

Ulardan biri onasi unga qoshlarini terishga faqat o‘n olti yoshga to‘lganida ruxsat berganini aytdi. Bunda ham faqat ikki qosh orasidagi va ko‘zlar ustidagi ortiqcha tuklarni olib tashlashga ruxsat berilgan, qoshlarni ingichkalashtirish mumkin bo‘lmagan. U buni o‘ziga xos ulg‘ayish marosimi sifatida tasvirladi.

Boshqa bir ayol esa Buxoroning ayrim hududlarida qizlarga bugungi kunda ham turmushga chiqmaguncha qoshlarini terishga ruxsat berilmasligini yozdi. Uning o‘zi esa o‘n sakkiz yoshida ilk bor qoshlarini terganida qarindoshlarining tanqidiga uchragan.

Ba’zi ayollar ilgari buni hech qachon an’ana sifatida qabul qilmaganliklarini, aksincha, o‘zlarining shaxsiy muammosi deb o‘ylaganliklarini tan olishdi. Shu sababli bu haqda ochiq gapirishning o‘zi ularga o‘z tajribalariga boshqacha nigoh bilan qarash imkonini berdi.

Boshqalar esa doimiy «Odamlar nima deydi?» degan qo‘rquvdan asta-sekin xalos bo‘lishga urinayotgan avlod haqida gapirishdi va bunday tashqi ko‘rinish ustidan nazoratga duch keladigan so‘nggi avlod aynan ular bo‘lishiga umid bildirishdi.

Amerikalik model Skarlett Kostello.

Ammo hikoyalardan biri ayol tashqi ko‘rinishiga nisbatan bosim faqat Markaziy Osiyo bilan cheklanmasligini ayniqsa yaqqol ko‘rsatadi.

Bir ayol uning oilasida qalin tutash qoshlar doimo chiroyli hisoblanganini va hech kim uni qoshlarini terishga majburlamaganini aytib berdi. Biroq Germaniyadagi maktabda u tashqi ko‘rinishi sababli doimiy masxaralarga duch kelgan. Bora-bora boshqalarga ko‘proq «odatdagidek» ko‘rinish istagi oilaviy estetikaga bo‘lgan odatidan ustun keldi. Natijada, AQShga ko‘chib ketishidan oldin ayol qoshlarining shaklini o‘zgartirishga qaror qildi.

Shundan so‘ng u o‘zini tashqi ko‘rinish jihatidan ko‘proq «o‘rtacha» odamga o‘xshab qolgandek his qildi. Ammo uzoq vaqt davomida tabiiy qoshlari haqida hech kimga aytmagan, chunki bundan uyalgan.

Bu hikoya muhim bir paradoksni ko‘rsatadi: aynan bir xil qosh oilada go‘zallik ramzi, boshqa mamlakatdagi maktabda masxara sababi, bir jamiyat uchun an’anaviylik belgisi, boshqasi uchun esa zamonaviy standartga mos kelmaslik belgisi bo‘lishi mumkin.

Bosim shunchaki shaklini o‘zgartiradi, ammo natija bir xil bo‘lishi mumkin — ayol o‘z yuziga atrofdagilarning ko‘zi bilan qaray boshlaydi

Aynan shu fonda tutash qosh haqida keng xalqaro munozaralar yuzaga keldi. Jumladan, turli madaniyatlarga mansub ayollarni birlashtirgan #UnibrowMovement onlayn tashabbusi paydo bo‘ldi. Uning ishtirokchilari uchun bu harakat tabiiy tashqi ko‘rinish haqida gapirish hamda tutash qoshlarini yashirish yoki ularni kamchilik sifatida qabul qilishga majbur bo‘lmasdan o‘zini go‘zal his qilish huquqini himoya qilish vositasiga aylandi.

Shu bilan birga, #UnibrowMovement tutash qoshni yangi universal go‘zallik standartiga aylantirishga urinish sifatida emas, balki yagona «to‘g‘ri» standartning o‘zi bo‘lishi kerak degan fikrni rad etishi bilan qiziq.

Markaziy Osiyo kontekstida bu ayniqsa muhim, chunki tutash qosh bu yerda ijtimoiy tarmoqlar tomonidan o‘ylab topilgan zamonaviy trend emas. Uning o‘z tarixi bor va bir vaqtlar u an’anaviy go‘zallik haqidagi tasavvurlarning bir qismi bo‘lgan.

Bugun ayol tutash qoshini mutlaqo boshqa ma’no bilan qayta qabul qilishi mumkin: oilasi, an’ana yoki moda shuni talab qilgani uchun emas, balki buni uning o‘zi tanlagani uchun.

Shuning uchun tutash qosh tarixini «an’ana» va «zamonaviylik» o‘rtasidagi oddiy qarama-qarshilikka keltirib bo‘lmaydi. Muammo qoshlarning shaklidan emas, balki tanlov ayolning o‘ziga tegishli bo‘lmay qolgan paytdan boshlanadi.

Qiz onasining ruxsatini o‘n olti yoshgacha kutishi mumkin, o‘n sakkiz yoshida qarindoshlarining tanqidiga uchrashi mumkin yoki boshqa mamlakatdagi maktabda masxara qilinganidan so‘ng qoshlarining tabiiy shaklini o‘zgartirishi mumkin. Bu vaziyatlarning barchasida uning tashqi ko‘rinishi boshqalarning fikrlariga va talablariga bo‘ysunib qoladi.

Sofiya Hadjipanteli — #UnibrowMovement asoschisi.

Shu ma’noda «Odamlar nima deydi?» degan savol ayol tashqi ko‘rinishiga ta’sir qiladigan eng kuchli ko‘rinmas kuchlardan biriga aylanadi.

Ammo bugun ayollar bu savolni boshqa bir savol bilan almashtirishga harakat qilmoqda: «Men o‘zim nimani xohlayman?»

Bir paytlar qoshlar atrofdagilarga ayolning oilaviy holati, yoshi yoki an’anaga qanchalik mos kelishi haqida «gapirib» turishi mumkin edi. Aksincha, bugun esa qoshlar ayol qanday ko‘rinishni o‘zi hal qiladi degan ma’nosini anglatish vositasiga aylangan.

Va, ehtimol, eng muhim o‘zgarish tutash qoshning yana urfga kirishi yoki ingichka, bir-biridan ajratilgan qoshlarning qayta ommalashishida emas. Eng muhim o‘zgarish — bu tanlovni qilish huquqi kimga tegishli ekanining asta-sekin o‘zgarayotganidadir.

Humoyun Baxtiyarov tarjima qildi

Oldingi maqola

Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga haq to‘lanadigan ta’til berishning xalqaro amaliyoti
05 Avg 2026
Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga haq to‘lanadigan ta’til berishning xalqaro amaliyoti
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top