Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Huquqlaringiz buzilayotganini qanday bilib olish mumkin?

Huquqlaringiz buzilayotganini qanday bilib olish mumkin?
04 Avg 2026

Har qanday zo‘ravonlik tanada iz qoldiravermaydi. Biz «ish joyidagi zo‘ravonlik» iborasini eshitganimizda, odatda baqir-chaqir, haqoratlar yoki hatto mushtlashuvni tasavvur qilamiz....

Har qanday zo‘ravonlik tanada iz qoldiravermaydi. Biz «ish joyidagi zo‘ravonlik» iborasini eshitganimizda, odatda baqir-chaqir, haqoratlar yoki hatto mushtlashuvni tasavvur qilamiz. Lekin amalda ish joyidagi tazyiq ko‘pincha mutlaqo boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. U deyarli sezilarsiz bo‘lishi va shu sababli uzoq vaqt e’tiborsiz qolishi mumkin.

Xodimlar doimiy kamsitishlar, ajratib qo‘yish yoki ruhiy tazyiqni rahbarning og‘ir xarakteri yoki «korporativ madaniyat» bilan oqlashadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 190-sonli Konvensiyasi har bir insonning jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan muhitda mehnat qilish huquqini mustahkamlab qo‘yadi.
Har doim ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan, ammo xalqaro huquq nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deb hisoblanadigan bunday tazyiq shakllarini tahlil qilib chiqamiz.

Mobbing — bir xodimning hamkasblari tomonidan tizimli ravishda kamsitilishidir. U turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Inson qasddan ish jarayonidagi muhokamalarga qo‘shilmaydi, undan muhim ma’lumotlar yashirinadi, u haqida mish-mishlar tarqatishadi, ustidan kulishadi yoki uni sekin-asta jamoa hayotidan siqib chiqarishadi.

Oqibatlari nafaqat insonning emotsional holatiga ta’sir qiladi. Doimiy tazyiq o‘ziga bo‘lgan ishonchni poymol etadi va ko‘pincha ruhiy toliqish, depressiya yoki ishdan bo‘shashga olib keladi.

Ko‘plab jarayonlarning onlaynga o‘tishi bilan ishchi muloqot ofis chegaralaridan tashqariga chiqdi. U bilan birga tazyiqning yangi shakllari ham paydo bo‘ldi.
Ishchi chat bitta xabar bilan insonni kamsitish mumkin bo‘lgan joyga aylanishi juda oson.

Pichingli sharhlar, xatolarni ommaviy muhokama qilish, ish vaqtidan tashqari yuborilib, zudlik bilan javob talab qilingan vazifalar, KATTA HARFLAR (kapslok), tajovuzkor emojilar. Ba’zan biror xodimga qarshi alohida chat ochilib, u yerda uni muhokama qilishadi, ustidan kulishadi yoki qasddan umumiy muloqotdan chetlashtirishadi. Mohiyatan, bu ishchi muloqotga ko‘chgan kiberbullingdir.
Bunday xulq-atvor ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi chegaralarni yuvib yuboradi hamda doimiy ruhiy tazyiq muhitini yaratadi.

Raqamli makondagi kamsitish yozishmalarda saqlanib qoladi, uni hamkasblar ko‘radi va unga qayta-qayta qaytish mumkin. Shuning uchun bunday tazyiqning oqibatlari ko‘pincha yuzma-yuz nizo vaqtdagidan kam bo‘lmagan darajada og‘ir bo‘lib chiqadi.

Toksik korporativ madaniyatning o‘z qiymati bor. Xodimlarning salomatligi va karyerasi. Kompaniyalar esa — pullari, obro‘si va kadrlaridan ayriladi.
​Ushbu materialda iqtisodiy tazyiq, nima uchun ayollar ish joyida kamsitish va shilqimlikka ko‘proq duch kelishlari hamda qo‘rquv muhiti nafaqat xodimlarga, balki biznesga ham nima uchun qimmatga tushishi haqida so‘z boradi.

​Mukofot puli bermaslik. Ish haqini ushlab qolish. Kechasi tekinga ishlab berishni so‘rash. Xodim ortiqcha savollar bermasa, lavozimini oshirishni kutib turishga to‘g‘ri kelishiga shama qilish. Yoki insonning o‘zi ariza yozib ketishi uchun loyiha budjetini qisqartirish.
Boshqacha holatlar ham uchraydi: qonunbuzarliklar haqida sukut saqlash yoki boshqalarning norasmiy talablarini bajarish — lavozimni oshirish yoki hatto uni saqlab qolish uchun to‘lanadigan evazga aylanadi.

​Ish haqi xonadon ijarasini to‘lash, oilani tebratish yoki shunchaki yashash imkoniyatiga bog‘liq bo‘lganda, pul qulay tazyiq quroliga aylanadi. XMTning (Xalqaro mehnat tashkiloti) 190-sonli konvensiyasi bunday vaziyatlarni ish joyidagi zo‘ravonlik shakllaridan biri deb hisoblaydi.

​Ish joyidagi zo‘ravonlik har qanday insonga daxl qilishi mumkin. Ammo ayollar bu holatga tez-tez duch kelishadi.
«Tug‘ruq ta’tiliga qachon ketyapsan?», «Farzanding tug‘ilgach, baribir avvalgidek ishlay olmaysan». Seksistik hazillar, homiladorlik haqidagi savollar, tashqi ko‘rinishga berilgan sharhlar, kasbiy fazilatlarga shubha bilan qarash, jinsiy shilqimliklar yoki farzand tug‘ilgandan keyingi tazyiqlar haligacha ko‘plab ayollarning mehnat tajribasi bir qismi bo‘lib qolmoqda.

Ko‘p holatlarda bu vaziyatlar shunchalik odatiy tusga kirganki, jabrlanganlarning o‘zlari ham buni o‘z huquqlarining buzilishi sifatida qabul qilmay qo‘yishadi.

​Ko‘plab rahbarlar haligacha qattiq bosim o‘tkazishni boshqaruvning samarali uslubi deb hisoblashadi. Bu kabi qarash o‘ta xavfli yanglishishdir. Toksik muhit jamoaning mahsuldorligini tushiradi va yakunda moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi.

Doimiy stressda ishlaydigan odamlar tez-tez xatoga yo‘l qo‘yadilar, ruhiy toliqadi va tashabbus ko‘rsatishni to‘xtatadilar. Ishdagi vazifalarni hal qilish o‘rniga, ular navbatdagi mojarodan qochish uchun kuch sarflaydilar.

​Xodimlar toksik kompaniyalardan o‘z tajribalari va mijozlarini olib ketishadi. Qolganlar esa minimal darajada ishlaydi. Obro‘ borasida ham xatarlar mavjud: ochiqlik asrida mehnat huquqlarining buzilishi haqidagi ma’lumotlar tezda jamoatchilikka oshkor bo‘ladi, kompaniya imidji va unga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqaradi.

​Aytib o‘tganimizdek, ish joyidagi zo‘ravonlik har doim ham badanda ko‘karishlar qoldirmaydi. Ba’zan undan keyin uyqusizlik, xavotir, ishga borishdan qo‘rqish va o‘zini keraksiz his qilish tuyg‘usi qoladi. Bularga chidash esa xodimning xizmat vazifalariga kirmaydi.

​Rina Ergasheva

Oldingi maqola

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XMTning 190-sonli konvensiyaga mosligi
04 Avg 2026
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XMTning 190-sonli konvensiyaga mosligi
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top