Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Ayolini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish va ozodlikda qolish: tizim ichki ishlar xodimlari javobgarligini yumshatayotgani haqida

Ayolini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish va ozodlikda qolish: tizim ichki ishlar xodimlari javobgarligini yumshatayotgani haqida
14 May 2026

⚠️Ogohlantirish: Ushbu materialda zo'ravonlik va zo'ravonlik keltirib chiqargan o'z joniga qasd qilish harakatlarining tavsiflari mavjud. 2026-yil 6-maydan 7-mayga o‘tar kechasi...

⚠️Ogohlantirish: Ushbu materialda zo’ravonlik va zo’ravonlik keltirib chiqargan o’z joniga qasd qilish harakatlarining tavsiflari mavjud.

2026-yil 6-maydan 7-mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi 25 yoshli F. ismli ayol qorin bo‘shlig‘ining sanchilgan-kesilgan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Uning yaqinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i — Oqdaryo tumani IIB Probatsiya bo‘limi inspektori, Ichki ishlar organlari leytenanti Olimov Behzod Sobirjonovich o‘sha kecha uni kaltaklagan, so‘ngra qo‘liga oshxona pichog‘ini tutqazib: «O‘zingni o‘ldir», — degan. Ayol qorniga pichoq urib, ko‘p qon yo‘qotgan va reanimatsiyaga hushsiz holda olib kelingan. Bosh prokuratura Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Olimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasiga asosan darhol qamoqqa olinishi kerak edi, biroq bu amalga oshmadi. F.ning qarindoshlariga ko‘ra, 8-may kuni u shifoxonaga kelib, ariza qaytarib olinmasa, ayolni o‘ldirishi bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchining otasi Oqdaryo tumani IIB boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilgan va shundan keyin Olimov boshqa ko‘rinish bermagan. 14-may holatiga ko‘ra, Olimov hali ham ozodlikda, biroq u IIBdan ishdan bo‘shatilgan.

Afsuski, bu uning zo‘ravonlik qilishining ilk holati emas. Va ayolning o‘zini tajovuzkor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimidan ko‘ra zaifroq his qilishi ilk holati ham emas.

2025-yil 4-yanvar kuni Behzod Olimov uyda xotinining yuziga urgan, uni haqorat qilgan va tishlagan. Sudga oid tibbiy ekspertizasi tan jarohatlarini tasdiqlagan. Oila Samarqand viloyati IIB va prokuraturaga ariza bilan murojaat qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, o‘sha vaqtda Olimov Samarqand viloyati IIB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi qo‘riqlash guruhida ishlagan. Jabrlanuvchining arizasidan so‘ng, IIB xizmat tekshiruvi o‘tkazgan va Olimovga intizomiy jazo — hayfsan berilgan. 2025-yil mart oyida ushbu ish prokuratura tomonidan sudga yo‘llanganligi sababligina ko‘rib chiqilgan.

Sud quyidagilarni aniqladi: Olimov «[xotinining] yuziga kafti bilan urgan, uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan», «qasddan sog‘lig‘iga yengil shikast yetkazgan» va «oilaviy zo‘ravonlik» sodir etgan. Shu bilan birga, sud F.X.ning o‘ziga nisbatan ham ishni ko‘rib chiqdi, chunki eri unga qarshi ariza bergan edi: erining so‘zlariga ko‘ra, xotini uni xiyonatda gumon qilib, haqoratlagan va «qasddan sochlarini yulgan». F.X. sudga tushuntirish berishicha, eri uni muntazam ravishda urib kelgan, o‘sha oqshom esa u o‘zini himoya qilgan va uning harakatlari hujumga javob bo‘lgan. Tomonlarni tinglagach, sud ayol ham eriga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etgan deb topdi.

Sud Olimovga nisbatan ishni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 16-moddasiga asosan tugatdi. Ushbu moddada «ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar <…> ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘lishi» belgilangan. Olimovga xotinini kaltaklagani uchun allaqachon intizomiy hayfsan berilgan edi. Agar Olimov ichki ishlar organi xodimi bo‘lmaganida, uni 15 sutkaga qamashlari mumkin bo‘lardi…

Sud shuningdek, jabrlanuvchini oiladagi zo‘ravonlikda aybdor deb topdi, ammo quyidagi sabablarga ko‘ra ogohlantirish bilan uni javobgarlikdan ozod qildi::

  • Uning bir yarim yoshdagi bolasi bor va u oilasida yagona boquvchi. Bu g‘alati jumla, ayolning ishlaydigan eri bor. U boquvchi sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortganmi? U bolani boqishdan bosh tortdimi va hammasini bolaning onasiga yukladimi? Bu huquqni muhofaza qilish organi xodimi uchun juda «ta’sirli», ammo aftidan, bunga hech kim e’tibor bermadi.
  • «ushbu huquqbuzarlik turmush o‘rtog‘ining xatti-harakatlari oqibatida sodir etilganligi». Boshqacha qilib aytganda, sudning o‘zi uning xatti-harakatlari erining xatti-harakatlariga munosabat ekanligini tan oldi. Ammo sud oiladagi zo‘ravonlikdagi kuchlar nomutanosibligini hisobga olish o‘rniga, ayolni gam aybdor deb topdi..

Shunday qilib, sudlov tizimi hujum qilgan shaxsni hujumga javob bergan shaxs bilan tenglashtirdi. Bu voqeaning eng dahshatli jihati shundaki, jabrlanuvchi jinoyatchiga aylandi va asosiy tajovuzkor jiddiy jazo olmadi (intizomiy chora uni oddiy odamga beriladigan jazodan himoya qildi). Va bularning barchasi qonun bo‘yicha amalga oshirildi.

Ehtimol, aynan shu jazosizlik hissi Olimovga erkinlik bergan va ayol mo‘’jiza tufayligina omon qolgan fojiaga olib kelgandir. «Pogonlar hammasini yashirishiga» ishongan erkak kasalxonada bo‘lgan xotiniga bosim o‘tkazishda davom etdi va undan arizasini qaytarib olishni talab qildi. Va tizim Olimovni himoya qilishda davom etmoqda – axir, qonun boshqacha talab qilganiga qaramay, u hali ham ozodlikda qolmoqda:

  • Tahririyat ma’lumotlariga ko’ra, Olimov Behzodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi – “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” bo’yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddaning birinchi qismida 3-7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, boshqa qismlarida esa og‘irroq jazo nazarda tutilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasida qamoqqa olish uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha ehtiyot chorasi sifatida qoʻllanilishi belgilangan. Bunga Jinoyat kodeksining 103-moddasi ham qoʻllaniladi, ammo negadir prokuratura Olimovni hibsga olmadi.

Tahririyat Olimov hibsga olinganmi yoki yo‘qmi, agar hibsga olinmagan bo‘lsa, bunga nima asos ekanligini aniqlash uchun Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovga so‘rov yubordi. Afsuski, hech kim bizning savollarimizga javob bermadi; ehtimol ular prokuratura uchun juda noqulay bo‘lgan. Agar erkak ushbu material nashr etilgandan keyin eski sana bilan hibsga olinsa, biz ajablanmaymiz.

Irina Matviyenko

Oldingi maqola

“Huquqni muhofaza qilish organlarida tanishlarim ko‘p”: Xorazm viloyatidagi fohishaxonada 15 yoshli qiz ekspluatatsiya qilingani va erkaklar jazosiz qolgani haqida
30 Apr 2026
“Huquqni muhofaza qilish organlarida tanishlarim ko‘p”: Xorazm viloyatidagi fohishaxonada 15 yoshli qiz ekspluatatsiya qilingani va erkaklar jazosiz qolgani haqida
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top