Bola shaxsining kamol bo`lib ulg`ayishi u tarbiya topayotgan oilaga juduyam bog`liq. Hattoki bolaninig tili chiqishi yangi so`zlarni o`rganish davridagi, bizning oila a`zolarimiz bilan bo`layotgan o`zaro nutqimiz ham katta ahamiyatga ega. Bolaga shunday muhit yaratilishi kerakki, uning rivojlanishida yordam bersin. Aynan shu masalada bir qancha takliflarni berib o`tamiz.
Insonga inson kerak
Bola nutqi uni o`rab turgan insonlar yordamida shakllanadi. Shuning uchun mutaxassislar bu masalaga jiddiy e`tibor berishni maslahat berishadi.
Qo`llab-quvvatlamasdan rivojlanish bo’lmaydi
Sog`lom oila – bolaning rivojlanishi uchun eng muhim shartlardan biri. Buni yanayam aniqroq qilib tushuntiradigan bo`lsak, bunga uyda va Bolalar uyida tarbiya ko`rgan bolalarni misol qilib keltirish mumkin.
Agar bola biror tug`ma qobiliyat bilan tug’ilgan taqdirda ham, enga e`tibor bo`lmasa va uning o`sha tug`ma qobiliyatini rivojlantirmasa, bolada deformatsiya vujudga keladi (qaysidir qobiliyati rivojlanib, qaysidir qobiliyati orqada qolishni boshlaydi).
Uch yoshga qadar bosh rollarda – ona
Bola tug`ilgunga qadar onasi bilan o`zaro jismonan kindik orqali bog`langan bo`lsa, tug`ilgach, uch yoshga kirgunga qadar ona va bola psixologik jihatdan o`zaro kindiklar bilan bog`langan bo`ladi. Bu nima degani? Bunda onadagi har qanday stress, tushkunlik kayfiyatlari to`gridan-to`g`ri bolaning rivojlanayotgan nutqiga o`z ta`sirini ko`rsatmasdan qolmaydi.
Bola yetti yoshga kirguncha muhim omillar
Bola – ko`zgu, deb bekorga aytishmagan. Bola yetti yoshga kirguncha u sizdagi barcha hatti-harakatlar, so`zlashuv madaniyati, sizning yaxshi hislatlaringiz bilan albatta kamchiliklaringizni ham ko`zgudek ko`rsatib turuvchi kichkina shaxs tarbiyalanayotganini unutmagan holda bola tarbiyasiga ayniqsa bu yoshda maksimal e`tibor qaratishingizni maslaxat beramiz.
Oiladagi xulq-atvor
Bola nutqini shakllantirish va ayrim xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun bir necha maslahatlar:
– Bolaning nima deyayotganiga diqqat qiling va u bilan suhbatlashing
– Bolani tinglang, erinmay savollariga javob bering, har xil mavzularda suhbatlashishga harakat qiling, unga ertak kitoblar o`qib bering.
– Bola bilan hotirjam suhbatlashing, bola shaxsini xurmat qiling
– Suhbat jarayonida bola bilan jilmayib gaplashishga harakat qiling
– Oltin o`rtalikni saqlang, buyruq bermang, darrov o`z qarichingizda o`lchagan fikrlaringizni bolafa singdirishga harakat qilmang
– Bolani qiziqtiradigan mavzularda suhbatlashishga harakat qiling
Bola yonida qanday hatti-harakatlarni qo`llamasligingiz kerak:
– Bolaga baqirmang
– O’zingizdan itarmang
– Bola yonida oila a`zolaringiz bilan urishmang va qo`pol so`zlarni ishlatmang
Bolalar nutqidagi nuqsonlar odatda bolaga tarbiya topayotgan oilaning muhitiga bog`liq. Boladagi hatolarning to`girlanib ketishi va albatta uning tengdoshlari qatorida bekam-u ko`st ulg`ayishi albatta kattalarga bog`liq.