Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar

Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar
27 Yan 2025

Oldin aytib o‘tganimizdek, zo‘rlash haqida olib borilayotgan yangi tadqiqotlar ayollardan “zo‘rlash”ni boshdan kechirganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramaydi.  Ba’zi tadqiqotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazkur...

Oldin aytib o‘tganimizdek, zo‘rlash haqida olib borilayotgan yangi tadqiqotlar ayollardan “zo‘rlash”ni boshdan kechirganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramaydi.  Ba’zi tadqiqotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mazkur savolni, shuningdek, majburiy, istalmagan jinsiy aloqalar haqidagi aniqroq savollarni ham o‘z ichiga olgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, “zo‘rlash”ni boshdan kechirganligini tasdiqlovchi ayollarning atigi 50 dan 30 foizigina bu tajribani “zo‘rlash” deb belgilashadi (bu haqda: Koss 1988; Gavi 1991a; 1991b).

Ushbu tadqiqot paradigmasida ayollarni zo‘rlash qurboni sifatida tasniflash protokoli shundan iboratki, agar ular oldindan belgilangan “zo‘ravonlik” tavsifiga mos keladigan tajribani boshdan kechirgan bo`lsa, zo‘rlash qurboni sanaladi. Agar ayollardan bevosita so‘ralganida o‘zlari “zo‘rlash”ni boshdan kechirganliklarini tan olmasa, unda tadqiqotchilar tomonidan “tan olmaydigan” zo‘rlash qurbonlari sifatida qaraladi (bu haqda: Koss, 1985). Zo‘rlashni aniqlashning ushbu metodi aniq  sabablarga tayanadi. Ushbu strategiya Marta Burt (1980) tomonidan “zo‘ravonlik miflari” deb atalgan, chunki mazkur “miflar” hatto zo‘rlashning tor qonuniy ta’riflariga mos keladigan tajribani boshdan kechirgan ayollarni ham yuz bergan voqeani zo‘rlash deb bilmaslikka majbur qiladi.

Zo‘rlashning qanday vaziyatlarda sodir bo‘lishi, kimlar zo‘ravonlikka uchrashi va qanday shaxslar zo‘ravonlik qilishi haqidagi qarashlarni shakllantiruvchi “miflar” ayollar, erkaklar, kuch va jinsiyat haqidagi hukmron diskurslarni ifoda etadi. Feministik nuqtayi nazardan qaralsa, “miflar”ning paydo bo‘lishi va keng yoyilishiga sabab – zo‘rlashni yashirish, oq, “normal” va “hurmatli” erkak tomonidan sodir etilgan majburiy jinsiy aloqalarga ko‘z yumish va hatto ularni oqlab berishdir.

“Zo‘ravonlik” tushunchasi bilan bo‘lgani kabi, “miflar”ning ildizi ham normal geteroseksualizm haqidagi diskurslarga borib taqaladi. Masalan, “Ayolning “yo‘q” degani – “ha” degani” kabi gap, erkak va ayol o‘rtasidagi an’anaviy jinsiy aloqa me’yorlarini mujassamlashtiradi, o‘z navbatida bunday munosabatlarda zo‘ravonlikni aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu tarzda, zo‘ravonlik bilan bog‘liq “miflar” turmushda va boshqa yaqin geteroseksual munosabatlarda, shuningdek, tasodifiy geteroseksual uchrashuvlarda zo‘ravonlikni ko‘rishga to‘sqinlik qildi. Ayollarning “meni zo‘rlashmadi” degan bahosiga tayanmaslikning metodologik asoslari bo‘lsa-da, ijtimoiy tanqidchilar zo‘rlashning tarqalishini o‘rganishdagi bu feministona yondashuvni  tadqiqotlarning asosiy kamchiligi sanashadi.

Masalan, Nil Gilbert (1994) Kossning zo‘ravonlik qamrovini qayd etish ishiga salbiy qaragan : “Koss zo‘rlash qurboni deb qayd etgan talabalarning  to‘rtdan uch qismi o‘zini zo‘ravonlikka  uchramagan deb biladi.” Gilbert fikriga qo‘shilgan Keti Roife ham Kossning “o‘zini qurbon deb hisoblamagan” ayollarni zo‘ravonlik  qurboni deb tasniflashini noo`rin deydi. Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu metodologik yondashuv umumiy tarzda ijtimoiy va xulq-atvor psixologiyasining pozitivistik an’analariga to‘la mos, chunki unda aniq o‘lchanadigan xulq-atvor kategoriyalarini belgilash uchun operatsion ta’riflardan foydalanish ilmiy tadqiqotlar uchun yaxshi amaliyot deb hisoblanadi.

Psixologiyaning ko‘pgina sohalarida, masalan, odamlarning munosabatlari, tajribalari va ayrim holatlarni  tasniflashi feministlarning zo‘rlash qamrovini o‘rganish vositalariga o‘xshash bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Misol uchun, agar biror kishi depressiya inventaridan savollarga oldindan taxmin qilingan tarzda javob bersa, lekin u o‘zini “depressiyada” deb tan olmasa ham, uni depressiya holatida deb tasniflash to‘g‘ri hisoblanadi. Endi esa, tan olinmagan zo‘rlashga  misol bo‘ladigan bir voqeaga e’tibor qarataylik. Men suhbatlashgan bir ayol hikoya qilishicha, ayol uxlayotgan payt o‘ttiz yoshli erkak kvartiradoshi yotog‘iga kirib, “qo‘li bilan ushlagan”. Ayol o‘sha paytda 19 yoshda bo‘lgan. Uningcha, bu holat zo‘ravonlikning aynan o‘zi emas, yoki  u hali bu voqeani “zo‘rlash” deb baholash kerakligini qabul qilmagan. U bu erkak bilan ilgari na jinsiy, na romantik munosabatda bo‘lgan, shunga qaramay erkak o`sha tun qizning yotog‘iga kirib, u uxlayotgan mahal jinsiy tajovuz qiladi. Erkak qiz buni istaganmi yoki yo‘qligiga umuman ahamiyat bermaydi. U buni quyidagicha bayon etdi:

Enn: … hammasi juda tez sodir bo‘ldi, o‘sha paytda shunday deb o‘yladim: “Agar men… agar men yotog‘imdan chiqishga urinsam, ehtimol qochmoqchi bo‘lsam… u meni zo‘rlashi mumkin [pauza] shuning uchun yaxshisi…”

Nikola: Qochishga urinmadingiz, demak?

Enn: Ha, agar shunday qilganimda, qarshilik ko‘rsatganimda, u meni zo‘rlashi mumkin edi… O‘ylab qarasam, u baribir buni qildi, aslida…

O‘sha erkak zo‘ravonlik ko‘rsatib, qizga jismoniy zarar yetkazib, jinsiy a’zosini “qonatib” ketdi. Qizni asta-asta qo`rquv, “tushinilmaslik” va uyda bo‘lgan kezlari doimiy “asabiylik” holati chulg‘ab oldi, shuningdek, endi o‘sha erkak o‘z yotog‘iga kirib ketgachgina uxlashga majbur bo‘lardi. Enn kvartirada “temir ayol” sifatida nom chiqardi, chunki keyingi kechalar o‘sha erkakning birga yotish taklifini rad etgandi. Shunga qaramay, Enn hodisani o‘sha vaqtda zo‘rlash deb tushunmadi. Texnik jihatdan, ushbu “aloqa”ni zo‘rlash deb atamaslik mumkin, chunki Enn o‘zining noroziligini o‘sha paytda aniq bildirmadi. Ammo ko‘plab feministik tahlillar bunaqa qarorlar qabul qilish imkoniyatiga cheklovlar borligini, masalan, qizning uyg‘onish asnosida qarshilik ko‘rsatishi holatni yanada yomonlashtirishini ko‘rsatadi. Boz ustiga feministlar erkak qizning roziligini taxmin qilishi uchun asosli sabablarning yo‘qligini ta’kidlaydi (masalan, Pineau, 1989).

Hatto eng androsentrik geteroseksual me’yorlar ham avvaldan jinsiy yoki romantik aloqada bo`lib kelinmagna, boz ustiga uxlayotgan ayolning jinsiy aloqaga roziligini taxmin qilishni mantiqiy deb hisoblamaydi. Shunga ko`ra, ko`plab feministlar bu voqeani zo‘rlash yoki kamida, jinsiy tajovuz sifatida ta’riflashadi. Enn o‘zini zo‘ravonlik qurboni deb atashlariga qarshiligiga qaramay, mazkur hodisa psixologik jihatdan unga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Qiz voqeani zo‘ravonlik deb baholaganda, nima bo‘lardi, biror nima deyish qiyin. Ammo hozirgidan-da yomonroq ruhiy jarahotni taxmin qilsa bo‘ladi – “agar qarshilik ko‘rsatsam, u meni zo‘rlashi mumkin edi.” Haqiqatan ham, bu farqli tajriba bo‘lib, qizning hayoti ustidan nazoratni yo‘qotishi, o‘zini zaif sezishiga sabab bo‘lardi. Psixologik jihatdan, u “qochib ketish yoki boshqa narsa qilish” ni tanlash orqali ko‘proq boshqaruvni saqlagan (bu ozgina bo‘lsa-da, ahamiyatli) va qarshilik ko‘rsatsagina, zo‘rlanishdan qochib qolishi mumkin edi, ammo bu holda u ko‘proq narsani yo‘qotish xavfi ostida qolardi.

Voqeadan bir necha yil o‘tib (suhbatimiz kechgan mahal) Enn hodisani “zo‘ravonlik” deb baholashni o‘ylab qoldi. Avvaliga “qarshilik ko‘rsatmadim, sababi meni haqiqatda zo‘rlashidan qo‘rqdim” degan bo‘lsa-da, erkak xatti-harakatlari aslida zo‘ravonlik ko‘rinishi ekanini tan oldi: “O‘ylab qarasam, baribir u zo‘ravonlik qildi”. Shunga qaramay, feministik tadqiqot etikasi nuqtayi nazaridan, Enn o‘zini “zo‘ravonlik qurboni” deb atashini o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday tamg‘a urishlarini u o‘zi tanlamagan. 

Ennning tajribasi haqida gapirganda, voqeaning qanday tasavvur qilinishi va tushunilishi haqida noaniqliklar paydo bo‘ladi va bu geteroseksual munosabatlar sohasini tanqid qilishga imkon beradi. Erkaklarning ayollarga nisbatan tahqirlovchi, hurmatsiz va zararli harakatlari ijtimoiy tanqidni tug`dirishi kerak. Aynan mana shunday tanqid orqali jamiyatdagi geteroseksual munosabatlarning salbiy jihati ko‘rinadi. Agar bu ayolning boshdan kechirgani zo‘rlash yoki jinsiy tajovuz deb sanalmasa (uning o‘zi, erkak, politsiya, sudya, tadqiqotchi va ijtimoiy nazariyotchilar tomonidan), unda  nima deb hisoblash kerak? Jinsiy aloqami? Agar bu shunchaki jinsiy aloqaning bir qismi deb qabul qilinsa, unda geteroseksuallikning o‘zini tanqidiy ko‘rib chiqish kerakmasmikan?  Enn o‘zini “zo‘ravonlik qurboni” deb tan olmagan bo‘lsa-da, u o‘sha paytda erkakka jismonan qarshilik qilolmagandi. Zo‘rlash yoki jabrdiydalikni tahlil qilishda aniq pozitsiyaning yo‘qligi ayol jinsiy hujumdan qandaydir tarzda himoyalanishi mumkin degan, fikr noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Ennning holatida gender farqi (ya’ni ayolligi) jismoniy qarshilik ko‘rsatishiga imkon bermagan. Farq jismoniy kurashdagi muvozanatni buzadi va ayolni harakatsiz qoldiradi. Ayolning qo‘rquvi ham zo‘rlovchiga hujumni osonlashtiradi, chunki qo‘rquv natijasida qarshilik ko‘rsatish yoki o`zini himoya qilish  imkoniyati pasayadi. Menimcha, zo‘rlashni ochiq rad etishning o‘zi bilan cheklanmay, ayolning istalmagan jinsiy aloqaga qarshi chiqish huquqini savolga o‘rin qoldirmasdan  tushuntiradigan va shakllantiradigan geteroseksual munosabatlarni yaratish hamda targ‘ib qilish zarur. Shu tarzda zo‘rlash borasidagi savollar bartaraf etilib, zo‘rlash holatlarining oldi ol

Oldingi maqola

“Qurbonlik” atamasi inqirozi. Davomi
26 Yan 2025
“Qurbonlik” atamasi inqirozi. Davomi

Keyingi maqola

Feministik javob – metodologiya
29 Yan 2025
Feministik javob – metodologiya
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top