Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

“Qurbonlik” atamasi inqirozi. Davomi

“Qurbonlik” atamasi inqirozi. Davomi
26 Yan 2025

Qurbonlik tilining “shakllantiruvchi” ta’sirlarini ko‘rib chiqish zarur bo‘lsa-da, Karen Xvangning “qurbonlar aslida yo‘q yerdan paydo qilinmoqda” kabi tanqidiy ogohlantirishi qanchalik...

Qurbonlik tilining “shakllantiruvchi” ta’sirlarini ko‘rib chiqish zarur bo‘lsa-da, Karen Xvangning “qurbonlar aslida yo‘q yerdan paydo qilinmoqda” kabi tanqidiy ogohlantirishi qanchalik asosli? Feministlar va boshqa ijtimoiy tanqidchilar ayrim amaliyotlarni “qurbonlik” deb ataganda, ular muayyan guruhlarning tajribalari boshqalarnikidan tizimli ravishda ustun qo‘yiladigan kuch munosabatlariga e’tibor qaratishadi.

Qurbonlik haqida gapirishning o‘zi qurbonlikni yaratadi, degan xavotir aslida noxush ijtimoiy sharoitlardan qochishga urinish emasmi? Bu, go‘yoki, agar biror hodisa ko‘rilmasa yoki eshitilmasa, u mavjud emas, degan sodda umidni eslatadi.  Linda Martin Alkoff (1997) ta’kidlaganidek, Keti Roife kabi sharhlovchilar quyidagi kabi fikrlarni ilgari surishyapti: “Date rape” diskursi paydo bo‘lishidan oldin bunday tajriba yo mavjud bo‘lmagan yoki hech bo‘lmaganda bugungi kundagidek travmatik oqibatlarga olib kelmagan”.

Garchi poststrukturaviy feminizm va yuqoridagi dalilni ta’minlovchi oddiy determinizm o‘rtasida yuzaki o‘xshashliklar mavjuddek ko‘rinishi mumkin bo‘lsa-da, ular orasida muhim farqlar bor. Poststrukturaviy feminizm o‘zgarmas va qat’iy kimlik (identifikatsiya) tushunchasini shubha ostiga qo‘yadi, ammo bu bizni “bo‘sh sahifa” (tabula rasa) sifatida qoldirishni anglatmaydi. Ya’ni biz shakllanishimizda avvalgi tajribalarimiz yoki madaniy tarix o`rin tutmaydi, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi. Bizning shaxsiyatimiz madaniy tarix va o‘zimiz kechirgan tajribalar bilan shakllangan murakkab va dinamik mahsulotdir.

Hozirgi zamonda bir-biriga qarama-qarshi va ko‘p qatlamli diskurslar ichida joylashganmiz va diskurslarning ta’siri bizning  axloqiy nuqtayi nazarimizni belgilaydi. Shunday qilib, bunday diskurslar ichida joylashgan shaxs, ehtimol, zo‘rlashning “noto‘g‘riligi” yoki axloqiy jihatdan qabul qilib bo‘lmasligini qandaydir tarzda his qiladi. Shaxsning ijtimoiy va madaniy kontekstlari zo‘rlashni noto‘g‘ri deb ko‘rishga olib keladigan ma’lum axloqiy tuyg‘uni shakllantiradi.

Bunga sabab 20-asr oxiriga xos axloqiy qadriyatlar uyg‘unligi –  yahudiy-xristiancha va gumanistik tenglik talqinlari, sevgi, hurmat va boshqalarga zarar yetkazmaslik kabi qadriyatlarni o‘z ichiga olgan holda – jinsiy majburlash va tajovuzning ko‘plab turlarini axloqiy jihatdan noto‘g‘ri va zararli deb talqin qilish uchun diskursiv kontekstni taqdim etganligi bo`ldi. Demak, tilning shakllantiruvchi kuchiga urg‘u beradigan diskursiv  nuqtayi nazardan qaraganda ham, biz aynan “qurbonlik” yoki “date rape” kabi aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz shart emas.

Aniq nom bilan atalmasa ham, ushbu hodisaning o‘zi odamlar tomonidan axloqiy jihatdan noto‘g‘ri va zararli deb qabul qilinadi. Madaniyatimizda mavjud bo‘lgan keng axloqiy qadriyatlar, masalan, boshqalarga zarar yetkazmaslik, hurmat va tenglik kabi qadriyatlar bunday harakatlarni tabiiy ravishda qoralaydi.

Qurbonlikning tasvirlanishi borasidagi backlash (reaksion tanqid) va poststrukturaviy feminizmning turli nuqtayi nazarlarini hisobga olgan holda, Marta Burt va Roda Estepning ayol jinsiy majburlash yoki zo‘ravonlikka duch kelganda o‘zini qurbon sifatida ko‘rsatishi uning manfaatlariga mos keladi, degan fikrini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandek. Bu fikrni qanday baholash kerakligini aniq bilish qiyin, lekin masalaga yondashishimizda ayollarning majburlash, suiiste’mol qilish va zo‘ravonlik haqidagi shaxsiy tajribalari asosida empirik tahlil olib borish foydali bo‘ladi. Ko‘pchilik jinsiy suiiste’mol, jinsiy tajovuz, jinsiy majburlash kabi hodisalar qurbonlikka olib kelishini inkor etmaydi. Ya’ni majburlash va jinsiy zo‘ravonlik ayollarga og‘ir travma berib, ularni qurbonga aylantiradi. Ammo zo‘ravonlik va majburlash harakatlari ba’zida  nozik va dahshatli tuyilmaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Bunday holatlar esa ayolning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirib, vaqt o‘tishi bilan uning hayotni nazorat qilish qobiliyatini susaytirishga olib keladi.

Zo‘rlashga qarshi kurashda feministlarning jamoatchilikka murojaatlari ko‘pincha zo‘rlashning madaniy jihatdan qarama-qarshi bo‘lgan ko‘plab ma’nolaridan biriga –  uning qurbonlarga chuqur va qaytarib bo‘lmas darajada psixologik zarar yetkazish xususiyatiga – alohida urg‘u beradi.  Zo‘rlashning salbiy oqibatini yaqinlarimiz, oila a’zolarimiz, hamkasb ayollarimiz yoki o‘zimiz boshdan kechirgan tajribalar orqali chuqur anglaganmiz. Uzoq yillar davomida berkitilgan va sir saqlangan zo‘ravonlikning travmatik, vayronkor zararlarini avtomatik ravishda “zo‘rlash” atamasi bilan bog‘lash, ayrim istisnolarni aytmaganda, bugungi kunda normal sanaladi. 

Yuqoridagi muhokama nuqtayi nazaridan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha tadqiqotlarda shakllangan uch yondashuv qayta ko‘rib chiqishi kerak:  1. Ayollar, o‘z tajribalarini qanday baholashlaridan qat’i nazar, tadqiqotchilar tomonidan (shuningdek, huquqiy tomondan ham) zo‘rlash yoki jinsiy tajovuz sifatida belgilangan hodisalarni boshdan kechirganida, “zo‘ravonlik qurboni” deb tasniflanadi. 2. “Zo‘rlash” va “zo‘rlashga urinish” tushunchalari ko‘pincha jinsiy zo‘ravonlikning eng jiddiy shakllari sifatida doimo birgalikda ko‘rsatiladi. 3. “Qurbon” atamasi majburlovchi jinsiy amaliyotlarning keng spektrini ifodalash uchun qo‘llaniladi.

Keyingi bo‘limlarda ushbu yondashuvlarning dastlabki ikkitasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqiladi, so‘ngra uchinchisi qisqacha tahlil qilinadi.

Oldingi maqola

“Qurbonlik” atamasi inqirozi
25 Yan 2025
“Qurbonlik” atamasi inqirozi

Keyingi maqola

Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar
27 Yan 2025
Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top