Hikoyani yuboring
burger x
#Jabrlanganlar uchun ko'rsatmalar

Feministik javob – metodologiya

Feministik javob – metodologiya
29 Yan 2025

Ayrim ayollarni tan olinmagan zo‘rlash qurboni deb baholovchi tadqiqot strategiyasini tanqidiy o‘rganish orqali feministik tadqiqotchilar tanqidchilarga qanday javob berishni, shuningdek,...

Ayrim ayollarni tan olinmagan zo‘rlash qurboni deb baholovchi tadqiqot strategiyasini tanqidiy o‘rganish orqali feministik tadqiqotchilar tanqidchilarga qanday javob berishni, shuningdek, o‘zlarining doimiy tahlil va o‘zgarishlarga asoslangan tadqiqlarini qanday amalga oshirishni o‘ylab ko‘rishlari kerak. Masalaga to‘g‘ri va yakuniy javob yo‘q ekan, uni oddiy va tayyor javoblar bilan emas, ochiq va kengroq savollar bilan chuqurroq o‘rganishimiz talab etiladi. Nima uchun ko‘plab ayollar zo‘rlashning huquqiy ta’rifiga mos tajribalarni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, “zo‘ravonlik qurboni” degan tamg‘ani rad etishadi.

 Feministik tadqiqotlar ayollarning “qurbon” tamg‘asini rad etishiga qanday javob berishi kerak? Bu savollar feministik nazariyasi va tadqiqot amaliyotining markazidagi murakkab masalalarni yuzaga keltiradi. Agar vazifamiz ayollarni gapirtirish bo‘lsa-yu, ayollar o‘z tajribalarini zo‘ravonlik deb atamasa, ochiq joylarni “so‘zlar bilan to‘ldirish” yoki ularni qurbon deb tavsiflashni noqonuniy deb hisoblashimiz mumkin. Biroq feministik tadqiqotlar ayollarni gapirtirish va tajribalari haqida ma’lumot berishdan tashqari, zo‘ravonlik holati ijtimoiy kontekstda hokimiyat munosabatlari tomonidan shakllantirilishi va cheklanishini tushuntiradigan tahliliy tanqidlarni taklif qilishni maqsad qilgan. Agar ayollarning ovozi “o‘z hikoya”sini bayon etmasa, qanday davom etishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. (Bu haqda qarang: Fine, 1992.; Kitzinger va Vilkinson 1997.)

Feministik tadqiqotlar zo‘rlashning tarqalishi bilan bog‘liq empirik (ya’ni amaliy va real ma’lumotlarga asoslangan) tahlillar orqali jamiyatdagi zo‘rlash qamrovi  va uning ijtimoiy muammo ekanini o‘rgandi. Biroq bu tadqiqotlar faqatgina statistik ma’lumotlarni to‘plab, zo‘rlashni aniq va ilmiy asosda ko‘rsatibgina qolmadi, balki feministik nuqtayi nazardan zo‘rlashni tushunishga, uning ijtimoiy va madaniy kontekstlarini ochishga xizmat qildi. Tadqiqotlarda ilmiy tilning ishlatilishi feministik siyosat va kurashni kengroq auditoriyaga yetkazishga yordam berdi. Ilmiy asoslar va yangiliklar feministik kurashni kuchaytirib, o‘zgartirishlar uchun asos yaratdi. Ushbu harakat ba’zi muhim yutuqlarga erishdi, masalan, ko‘plab ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar va AQShning ayrim qismlarida nikohda zo‘rlashni jinoyat sifatida tan olish uchun qonunlarga o‘zgartishlar kiritilgan.

“Date rape”ga keng jamoatchilik e’tibori ko‘plab universitet kampuslarida zo‘rlashning oldini oluvchi dasturlar ishlab chiqilishiga turtki berdi. O‘zgarishlar kam samara berayotganiga qaramay (masalan,  eri tomonidan zo‘rlangan ayollarning  shikoyat arizalari nihoyatda kam uchraydi), tadqiqotlar zo‘rlashni tasvirlashda subversiv va transformatsion rol o‘ynagan. Tadqiqot zo‘rlashning mazmunida chuqur o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi, endi biror erkakning xotinini zo‘rlashi yoki sport yulduzining tasodifiy ayolni zo‘rlashi mumkinligi ehtimoli past yoki imkonsiz (lekin qora tanli erkaklar ayollarni zo‘rlashga moyil, degan qarash haliyam jamiyatda yuqori).Tadqiqot an’anaviy geteroseksuallikni nozik va yashirin tarzda tanqid qilgan. Mazkur tanqid ko‘pincha feministik tadqiqotlarda ochiq-oydin ko‘zga tashlanmasa-da, tadqiqot tanqidchilari darrov ilg‘ashadi. Nil Gilbert (1994) Kossning zo‘rlash qamrovi  haqidagi tadqiqini  shunday tanqid qilgandi:

“Zo‘rlashni deviant xatti-harakat sifatida emas, balki me’yoriy erkakning tipik xatti-harakati sifatida baholagan Koss o‘z  tadqiqotlari natijasida shunday xulosa qiladi: jinsiy zo‘rlash ayollarga nisbatan “bizning madaniyatimizda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi “normal” aloqaning bir qismidir”.

Gilbert Kossning tadqiqotini tanqid qilar ekan, uning fikridagi xatolikni aynan keltirmayapti. U mazkur qarash o‘z auditoriyasi tomonidan aniq xato deb tushunilishiga ishonadi. Gilbert maqolasi kontekstida normal geteroseksuallikni “innocent” (aybsiz) deb atab, uni zo‘rlash bilan bog‘lashni kulgili va bo‘rttirilgan  deydi.

Empirik psixologiya tadqiqotlarining pozitivizmi yuqorida muhokama qilingan natijalarni taqdim etgan bo‘lsa-da, buning boshqa tomoni ham bor. Qurbonlikning turli shakllarini aniqlashda chegaralar oldindan belgilangan bo‘lib, ayollar tajribalarini o‘sha kategoriyalar doirasidagina baholay olamiz. Bunday metodologik uslub nozik va ba’zan qarama-qarshi ma’nolarni inobatga olishni inkor etadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ba’zi asosiy savollarni (masalan, biror voqea zo‘rlash deb hisoblanadimi yoki yo‘qmi) tadqiqot jarayonida aniqlash muammosiz deb o‘ylaydi. Muammoni ilmiy jarayonda kiritilgan faktlarga asoslanib hal qilish oson va tabiiy deb bilishadi. Bu esa holatning murakkab va noaniqligini inobatga olishni cheklaydi. Tadqiqotlar natijasida zo‘rlash va jinsiy qurbonlikning keng qamrovli va aniq tasvirlari taqdim etilsa-da, tasvirlarning qisqartiruvchi va umumlashtiruvchi xususiyatlari barcha ayollarning tajribalarini to‘liq aks ettirmaydi. Shuning uchun, mazkur uslub bilan olingan natijalar, ayrim ayollarning haqiqiy tajribalari bilan mos kelmaydi va natijalarga ishonchni kamaytiradi. Oqibatda kim zo‘ravonlik qurboni ekani ham aniq emas, shuningdek, yangilanib borayotgan haqiqatlar ham e’tibordan chetda qolyapti.

Oldingi maqola

Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar
27 Yan 2025
Zo‘ravonlikni tan olmaydigan qurbonlar

Keyingi maqola

Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi?
30 Yan 2025
Zo‘rlashga urinish zo‘rlashning o‘zidan tubdan farq qiladimi?
Muharrirdan
Anonim hikoyalar
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.
10 Yanvar 2025
Жиззахдаги мактаб директори қизларига тазйиқ ўтказиб, уларни мажбурлаб турмушга чиқарган, ўқиш, ишлашдан маҳрум қилган ва эркинликларини чеклаган.

Немолчи.уз таҳририятига бир қиз мурожаат қилиб, у ва синглиси (қизлар вояга етган) онаси, Жиззах шаҳридаги 18-мактаб директори бўлмиш Шахноза Хасанова томонидан бир неча бор зўравонлик ва тазйиққа учрашганини маълум қилди. Қуйида опа-сингиллардан бирининг хабарини эълон қиламиз: «3 йилдан буён Тошкент шаҳрида ҳам ўқиб, ҳам ишлайман. 2024 йил 31 октябрь куни мени умуман норози бўлган йигитга […]

Унинг исми Зилола эди
03 Yanvar 2024
Унинг исми Зилола эди

У 2001 йилда Қашқадарё вилоятида туғилган, яхши турмуш ўртоқ, меҳрибон она бўлишни орзу қилган. Отасининг узоқ қариндоши Жаҳонгир ундан 8 ёш катта эди. У уни илк бор 2022 йил июль ойида, онаси ва синглиси билан сеп учун нарсалар олиш учун бозорга борганида кўрди. Бир ҳафтадан сўнг улар ФҲДЁ бўлимига ариза беришди, рўйхатга олиш бир ойдан […]

Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади
29 Iyun 2023
Тошкентда суд пичоқ билан аёлга ташланган эркакка 660 минг сўм жарима тайинлади

Ўша кунни Азиза (исми ўзгартирилди) аниқ-тиниқ эслаб қолди. 16 май куни болалар билан кўчага айланишга чиқишади. Телефони уйда зарядда қолади.⠀Кўчадан қайтгач, Азиза унинг атири ҳидини сезди. Бунгача собиқ эри унда квартира калитини қолганини инкор этган. Аёл ҳожатхонага кириб, ўша ерда бекиниб олди. Ўғли ҳам синглиси билан хонага кириб олади.⠀Эркак ҳожатхона эшигини тақиллатиб, очишни талаб қилади. […]

Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди
15 Iyun 2023
Жиззах вилоятида эркак 6-синф ўқувчисини зўрлади ва 2 йил озодликни чеклаш жазосини олди

Маълум бўлишича, Жиззах вилоятида истиқомат қилувчи 21 ёшли эркак 2022 йил ёз ойларида маҳалладоши орқали уни дугонаси бўлган вояга етмаган 2010 й.т. йилда туғилган Т.К билан танишиб бир-бирларини ёқтириб қолишиб у вояга етганда бирганликда турмуш қуришлари ҳақида келишиб олади. Кузда эркак қиз яшайдиган шаҳарга боради, дугонаси иккисини айлантириб келади. Кеч бўлиб қолганлиги учун уларни шу […]

Nazima
05 May 2023
Nazima

Шахсий чегараларни бузиш болаликдан бошланади. Эсимда, ёшлигимда холаларим юзимни тортар. Бундан норозилик билдирсам онам менга “Ўзингни яхши тут”, дердилар. Ёки катталардан бирини ўпишимни айтишса, кўзимни юмиб чидардим. Буларнинг барчаси менга ёқмасди – бу катталар, уларнинг сўлаги, бегона ҳидлар …Ўсмирлигимда кўп ёлғиз қолишни истардим. Мусиқа тинглаб, кўзгу олдида рақсга тушардим ёки китоб ўқирдим. Лекин хонамнинг эшиги […]

Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.
28 Aprel 2023
Менинг исмим Ҳуснора, 32 ёшдаман.

Тошкентдан узоқда жойлашган кичик бир шаҳарчада ўсганман. Оилабоши қаттиққўл ота бўлган оилада ўсганман. Сингилларим ундан жуда қўрқишар ва мен дадамга хотиржамлик билан эътироз билдиришимга доим ҳайрон бўлишарди. Биз ҳар куни уй ва боғда ишлардик: ёғоч полларни қўлда ювардик, бармоқларимиз доимо қавариб кетарди. Эрталаб мактаб олдидан мол боқиш учун кетардик, дарсдан кейин қафас ва катакларни тозалардик. […]

Tegishli barcha maqolalar
top