Ilmiy maqolar
Femicide as Terrorism: The Case of Uzbekistan’s Unveiling Murders
Marianne Kamp — amerikalik taniqli olima, tarixchi va Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi mutaxassislardan biri. "Femitsid – terrorizm sifatida: O‘zbekiston yuz ochish qotilliklari misolida" maqolasida muallif 1920-yillarda O‘zbekistonda yuz bergan "Hujum" harakati va uning natijasida kelib chiqqan ayollar qotilliklarini tahlil qiladi. Unda 1920-yillardagi ayollar qotilligini o‘rganish orqali, gender asosidagi zo‘ravonlik jamiyatni nazorat qilish va qo‘rqitish quroli sifatida ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: femitsid; terrorizm; Hujum harakati; paranji tashlash; gender asosidagi zo‘ravonlik; patriarxat; Nomus qotilliklari; Sovet modernizatsiyasi:
Patriarxat bilan kelishuv
Deniz Kandiyoti — jahonga mashhur sotsiolog, London universiteti (SOAS) faxriy professori va Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi gender munosabatlari bo‘yicha eng nufuzli ekspertlardan biri. Uning "Patriarxat bilan kelishuv" maqolasida yozilishicha, ayollar patriarxal (erkaklar hukmron bo‘lgan) jamiyatlarda shunchaki "qurbon" emas, balki o‘z xavfsizligi va resurslarga ega bo‘lishi uchun ma’lum bir qoidalarga bo‘ysunish orqali tizim ichida "kelishuv" tuzadilar. Kalit so‘zlar: patriarxal kelishuv; klassik patriarxat; hayotiy davr va maqom; patriarxal kelishuvning yemirilishi
The Language of Child Sexual Abuse and Exploitation
Mary Graw Leary — huquqshunos olima, professor va jinoyat huquqi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi ekspert. Uning "Bola jinsiy zo‘ravonligi va ekspluatatsiyasi tili" maqolasida jamiyatda, huquq tizimida va OAVda bolalarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarni tasvirlashda ishlatiladigan so‘zlar va terminologiyaning ta’siri haqida gap ketadi. Muallifga ko‘ra, biz ko‘pincha bolalarga nisbatan sodir etilgan og‘ir jinoyatlarni tasvirlashda o‘zimiz bilmagan holda jinoyatchining mas’uliyatini kamaytiradigan va jabrlanuvchini ayblaydigan tildan foydalanamiz. Ushbu maqola huquqshunoslar, politsiya xodimlari va jurnalistlar uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi. Kalit so‘zlar: gruming; rozilik berish qobiliyati; viktimbleyming; tizimli ekspluatatsiya; obyektivlashtirish
Patriarxal labirintda hamkorlik va nizo
Nancy Folbre — amerikalik taniqli iqtisodchi, Massachusets universiteti (Amherst) faxriy professori. U iqtisodiyot fani va gender masalalari chorrahasida tadqiqot olib boruvchi feministik iqtisodiyot (feminist economics) sohasining asoschilaridan biri hisoblanadi. "Patriarxal labirintda hamkorlik va nizo" maqolasida muallif ayollarning erkaklar bilan hamkorlik natijasida erishadigan yutuqlarini taqsimlash masalasida muzokara olib borish imkoniyatlarini shakllantirishda ijtimoiy institutlarning o‘rnini ta’kidlaydi. U patriarxal jamiyatlarda ayollarning o‘zaro bog‘liqligi ikki shaklda bo‘lishini ko‘rsatadi: u ham qo‘llab-quvvatlash, ham birdamlik manbai, ham bosim va raqobat mexanizmi bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: resurslar taqsimoti; ijtimoiy me’yorlar; kollektiv harakat; o‘zaro manfaatli kelishuv
Bozorlashayotgan hayot: post-Sovet O‘zbekistonda ijtimoiy reproduksiya nazariyasi va patriarxat rejimlarini ayollar mehnati bilan chambarchas bog‘liqligi
Lorena Lombardozzi — xalqaro siyosiy iqtisod, ijtimoiy tengsizlik va rivojlanish bo‘yicha tadqiqotchi hamda ekspert bo‘lib, Markaziy Osiyo (xususan, O‘zbekiston) bo‘yicha ixtisoslashgan. Uning "Bozorlashayotgan hayot: post-Sovet O‘zbekistonida ayollar, patriarxat va bozor" maqolasida O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ayollar mehnati va ularning oiladagi roli qanday o‘zgarganini sotsial-iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Maqolada asosan ijtimoiy reproduksiya (ya’ni inson hayotini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan uy mehnati, tarbiya, g‘amxo‘rlik) va davlat kapitalizmi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: mehnat; ijtimoiy reproduksiya nazariyasi; IPE; patriarxat; bozorlashuv; O‘zbekiston
Internalizatsiya qilingan mizoginiya: ongimiz qa’ridagi patriarxat
Maria Evteeva — huquqshunos, sotsiolog va gender masalalari bo‘yicha tadqiqotchi. U asosan Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-huquqiy o‘zgarishlar, ayollar huquqlari va gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurash mexanizmlarini o‘rganadi. «Internalizatsiya qilingan mizoginiya: ongimiz qa’ridagi patriarxat» maqolasida muallif patriarxal g‘oyalar va me’yorlarning ayollar tafakkuriga qanday singib, tengsizlikni nozik tarzda davom ettiradigan ichki munosabatlarga aylanishini o‘rganadi. Muallifning tushuntirishicha, mizoginiya nafaqat ayollarga nisbatan tashqi nafrat, balki madaniyat va jamiyat tomonidan shakllantirilgan ularning "ikkinchi darajali"ligiga ichki ishonchdir. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-huquqiy tahlil; gender tengligi; huquqiy savodxonlik; advokatsiya
Ozodliksiz safarbarlikmi? Nikaraguada ayollar manfaatlari, davlat va inqilob
Maxine Molyneux — sotsiologiya professori (London universiteti kolleji, UCL) va gender tadqiqotlari, ijtimoiy siyosat hamda rivojlanish masalalari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli ekspertlardan biri. «Ozodliksiz safarbarlikmi? Nikaraguada ayollar manfaatlari, davlat va inqilob» nomli maqolasi 1979-yilgi Nikaragua inqilobi misolida ayollar manfaatlari va davlat siyosati o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni tahlil qiladi. Garchi maqola Nikaragua haqida bo‘lsa-da, undagi xulosalar barcha post-avtoritar va o‘tish davridagi jamiyatlar (shu jumladan, Markaziy Osiyo) uchun ham juda dolzarbdir. Kalit so‘zlar: amaliy gender manfaatlari; safarbarlik va Ozodlik o‘rtasidagi farq; davlat feminizmi
Gender siyosati va sovet paradoksi: na mustamlaka va na zamonaviymi?
Deniz Kandiyoti — jahonga mashhur sotsiolog, London universiteti (SOAS) faxriy professori va Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi gender munosabatlari bo‘yicha eng nufuzli ekspertlardan biri. Tadqiqotchi o‘zining "Gender siyosati va Sovet paradoksi" maqolasida Sovetlarning tenglikka yondashuvining murakkab merosini tahlil qiladi: ayollar "rasman" huquqlarga ega bo‘lishgan, ammo erkinlikka ega bo‘lishmagan. Maqolada sovet ayolining kundalik hayoti tahlil qilinadi. Davlat ayolni iqtisodiyotga jalb qilib, undan «ishchi» sifatida foydalandi, biroq maishiy xizmatlar yetarli darajada rivojlanmagani sababli, ayollar ishdan keyin «ikkinchi smena»da — uyda mehnat qilishda davom etdilar. Kalit so‘zlar: Ikki hissa yuk; Sovet paradoksi; ikkinchi smena; emansipatsiya; mafkuraviy monopoliya
Tarkibiy o‘zgarishlar orqali davlat kapitalizmining tarixiy tahlili: O‘zbekiston misolida
Lorena Lombardozzi — xalqaro siyosiy iqtisod, ijtimoiy tengsizlik va rivojlanish bo‘yicha tadqiqotchi hamda ekspert bo‘lib, Markaziy Osiyo (xususan, O‘zbekiston) bo‘yicha ixtisoslashgan. Uning "Tarkibiy o‘zgarishlar orqali davlat kapitalizmining tarixiy tahlili: O‘zbekiston misolida" maqolasi modernizatsiya va bozor islohotlari haqidagi munozaralarni qayta ko‘rib chiqishga va tengsizlik, zaiflik hamda "ko‘rinmas" guruhlar qanday paydo bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: bozorga o‘tish; davlat kapitalizmi; jamg‘arish; tarkibiy o‘zgarishlar; O‘zbekiston